KOMPLEKS TADBIRKORLIK LITSENZIYASI SHARTNOMASI TOMONLARINING SHARTNOMA TUZISH OLDIDAN AXBOROT BERISH MAJBURIYATLARI: ROSSIYA VA FRANSIYA MISOLIDA
Kalit so‘zlar:
shartnoma tuzilgungacha boʻlgan majburiyatlar, franshiza, franshizing, insoflilik, axborotni oshkor qilishAnnotatsiya
Maqola Rossiya va Fransiya qonunchiligi misolida kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasi tomonlarining shartnoma tuzishgacha boʻlgan axborot majburiyatlari tahliliga bagʻishlangan. Unda franshizing shartnomasining huquqiy tabiati, uning aralash xarakteri va muzokaralar bosqichida tartibga solish xususiyatlari koʻrib chiqiladi. Axborot majburiyatlarini shakllantirishga taʼsir etuvchi insoflilik tamoyili hamda notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumot berganlik uchun tomonlarning javobgarligiga alohida eʼtibor qaratiladi. Ishda tartibga solishning ikki modeli taqqoslanadi: “yumshoq” (Rossiya huquqiy tizimiga xos boʻlgan, muzokaralar olib borishdagi umumiy normalar va sud amaliyotiga tayanuvchi model) va “qattiq” (Fransiyada Duben qonuni hamda shartnoma tuzishdan oldingi maʼlumotlarni majburiy oshkor qilish hujjati – DIP orqali amalga oshirilgan model). Muallif xulosa sifatida xorijiy tajribaning ayrim elementlarini Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga tatbiq etish maqsadga muvofiq ekanini taʼkidlaydi. Bu esa potensial franshiza oluvchilarining huquqlarini yaxshiroq himoya qilishga, insofsiz xatti-harakatlar xavfini kamaytirishga va franshizing munosabatlarida huquqiy aniqlikni mustahkamlashga imkon beradi.
Yuklab Olishlar
Nashr qilingan
Son
Bo‘lim
Litsenziya

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 International License ostida litsenziyalangan.

