DAVLAT BOSHQARUVI ORGANLARIDA KORRUPSIYANING UMUMIY NAZARIY JIHATLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

prinsipal va xodim, byurokratik korrupsiya, davlat organini uzurapatsiya qilish, ommaviy mansabdor shaxs va boshqalar.

Annotatsiya

Maqolada korrupsiyaning umumiy nazariy jihatlari prinsipal va xodim o‘rtasidagi munosabatlarda hamda tashkilot bilan bog‘liq muammolar asosida yotadigan obyektiv va subyektiv sharoitlar asosida o‘rganib chiqilgan. Shuningdek, ularning davlat boshqaruvi organidagi korrupsiya darajasiga ta’siri o‘rganilgan. Davlat xizmatchisi va u faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot o‘rtasidagi munosabatlarda yuzaga keladigan korrupsiya holatlari muhokama qilinadi. Shu bilan birga, ushbu jihatlar davlat sektorida korrupsiyaning mavjudligini aniqlaydigan 10 dan ortiq omillar asosida ochib berilgan, har bir omil Yevropa va Osiyo mutaxassislari tomonidan olib borilgan amaliy tadqiqotlar bilan tasdiqlangan. Shu bilan birga, ushbu tadqiqot shuni isbotlaydiki, agar korrupsiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruv bilan bog‘liq bo‘lsa va boshqaruv to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat hokimiyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lsa, unda sa’y-harakatlarning muvaffaqiyati va korrupsiyaga qarshi kurash natijalarining barqarorligi, kuchli yetakchilik va manfaatdor tomonlar, ya’ni fuqarolar va prinsipalning irodasi zarur hisoblanadi. Ushbu tadqiqot davlat organlari faoliyatidagi korrupsiyaga qarshi choralarni samarali va minimallashtirishni aniqlash bo‘yicha fundamental ish hisoblanadi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-01

Qanday Iqtibos Keltirish

DAVLAT BOSHQARUVI ORGANLARIDA KORRUPSIYANING UMUMIY NAZARIY JIHATLARI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 1(2), 141-149. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/212