QILMISHNI KVALIFIKATSIYA QILISH TUSHUNCHASI, METODOLOGIK ASOSLARI VA BOSQICHLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

kvalifikatsiya, qonun ustuvorligi, qilmishni kvalifikatsiya qilish, jinoyat, tergovchi, jinoyat va jinoyat-protsessual kodekslari, huquqiy baho, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sud, qilmish.

Annotatsiya

Ushbu maqolada qilmishni kvalifikatsiya qilish tushunchasi, metodologik asoslari va bosqichlari keltirilgan. Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish murakkab jarayon bo‘lib, kvalifikatsiyani amalga oshiradigan tergovchi, surishtiruvchi, prokuror va suddan mantiqiy fikrlashni, ko‘plab fakt va belgilarni o‘zaro solishtirgan holda qilmishga huquqiy baho berishni talab qiladi. Chunki muayyan jinoyatni kvalifikatsiya qilish jarayonida ishdagi haqiqiy holatlarni o‘rganish va JK Maxsus qismida shunday turdagi jinoyatlarning barchasi uchun umumiy bo‘lgan jinoyat huquqiy normaning mazmunini aniqlash orqali shaxsning qilmishiga huquqiy baho beriladi. Jinoyat huquqida qil­mishni kvalifikatsiya qilishning, asosan, ikki turi mavjud: 1) rasmiy (legal); 2) norasmiy (doktrinal). Rasmiy kva­lifikatsiya surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudyalar tomonidan jinoyat va boshqa qonun normalari asosida amalga oshirilib, qaror bilan rasmiylashtiriladi. Yuridik adabiyotlarda rasmiy kvalifikatsiyaning belgilari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan: a) qilmishga berilgan baho huquqiy ahamiyatga ega bo‘ladi; b) muayyan huquqiy oqibatni keltirib chiqaradi; d) kvalifikatsiya aniq jinoyat ishi materiallariga taalluqli bo‘ladi. Rasmiy kvalifikatsiyadan farqli ravishda, norasmiy kvalifikatsiya jinoyat ishini yuritish vakolatiga ega bo‘lmagan subyektlar (masalan, advokatlar, ommaviy axborot vositalarining xodimlari, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi huquqshunos olimlar) tomonidan amalga oshirilganligi sababli hech qanday yuridik oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Shuning uchun ham qilmishni kvalifikatsiya qilish haqida so‘z yuritilganda, ko‘pincha uning rasmiy shakli tushuniladi. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-04

Qanday Iqtibos Keltirish

QILMISHNI KVALIFIKATSIYA QILISH TUSHUNCHASI, METODOLOGIK ASOSLARI VA BOSQICHLARI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 1(5), 148-155. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/266