MILLIY HUQUQIY TIZIMDA OMMAVIY HUQUQ RETSEPSIYASINING AYRIM NAZARIY-HUQUQIY MASALALARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

doktrina, huquq tizimi, ommaviy huquq, huquqni o‘zlashtirish, chet el tajribasini o‘zlashtirish, huquq retsepsiyasi, ommaviy huquq retsepsiyasi, ma’muriy sudlar, ma’muriy tartib-taomillar, prognozlash, huquqiy eksperiment.

Annotatsiya

Maqolada huquqiy tartibga solish sohasida, ayniqsa, ommaviy huquq sohasida G‘arb tajribasidan postsotsialistik makon davlatlarining huquqiy qabul qilish amaliyoti masalalari hamda bu hodisa haqida olimlarning turli  qarashlari tahlil qilinib, ularni  umumlashtirishga harakat qilinadi. Ta’kidlanadiki, garchi olimlarning ushbu huquqiy hodisa va uning xususiyatlari haqida  ko‘plab ta’riflari mavjudligiga  qaramay, afsuski, huquqiy tartibga solishda xorijiy tajribani qabul qilish, o‘zlashtirish nazariyasi haligacha ishlab chiqilmagan. Xorijiy davlatlar huquqiy tajribasi va huquqiy tartibga solish usullarini o‘zlashtirish juda mas’uliyatli va ko‘pincha tavakkalchilik  jarayoni bo‘lib, chuqur tahlil qilish, ilmiy yondashuvni va uning oqibatlarini samarali prognozlashni talab qiladi. Maqolada zamonaviy huquqiy rivojlanish amaliyotidan kelib chiqib, davlat huquqi sohasida xorijiy tajribani qabul qilishning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinib, O‘zbekistonda bu jarayonni kelgusida takomillashtirish yuzasidan asosli taklif va tavsiyalar ilgari suriladi. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-04

Qanday Iqtibos Keltirish

MILLIY HUQUQIY TIZIMDA OMMAVIY HUQUQ RETSEPSIYASINING AYRIM NAZARIY-HUQUQIY MASALALARI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 1(6), 6-11. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/272