MARKAZIY OSIYODA TEXNOLOGIK HUQUQ: 4-SANOAT INQILOBINING TEXNOLOGIK TARAQQIYOTIGA YONDASHUV

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

Markaziy Osiyo, Texnologik huquq, Markaziy Osiyo raqamli huquqi.

Annotatsiya

Markaziy Osiyo olimlari birmuncha vaqtdan beri huquq va texnologiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganib kelmoqda. Zamonaviy Markaziy Osiyoning yuridik soha vakillari huquq, falsafa va texnologiya chorrahasida joylashgan tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Markaziy Osiyo davlatlarida texnologiya ishlab chiqarishga nisbatan texnologiyalarni boshqa davlatlarning texnologik gigantlaridan import qilish yuqori. Ushbu texnologiyalar ishlab chiqaruvchi mamlakat tomonidan taklif qilingan qonunlar va qoidalar bilan birga komlpeks sifatida import qilinadi. Natijada ushbu qoidalarning mavjud mahalliy va mintaqaviy huquqiy tizimlarga mos kelmaslik holatlari ham kuzatilmoqda. Ushbu talablarni qondirish maqsadida mazkur maqolada to‘rtinchi sanoat inqilobining texnologik taraqqiyotiga moslashish uchun “Markaziy Osiyo texnologik huquqi” deb nomlangan yuridik fanlar tarmog‘iga kiruvchi yangi fan taklif qilindi. Huquqning ushbu sohasi texnologiyani Markaziy Osiyo mintaqasi talablariga muvofiq, xalqaro me’yorlar va standartlashtirishga mos ravishda ko‘rib chiqishning globallashgan huquqiy mexanizmlarini ilgari suradi. Markaziy Osiyo texnologik huquqining yana bir maqsadi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy texnologik standartlar va imtiyozlarni belgilash uchun mintaqaviy nazariy va amaliy olimlar bilan oʻzaro hamkorlikni oshirishdan iborat.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-04

Qanday Iqtibos Keltirish

MARKAZIY OSIYODA TEXNOLOGIK HUQUQ: 4-SANOAT INQILOBINING TEXNOLOGIK TARAQQIYOTIGA YONDASHUV. (2026). YURISPRUDENSIYA, 1(6), 12-16. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/274