O‘ZBEKISTONDA MUALLIFLIK HUQUQI BO‘YICHA MULKIY HUQUQLARNI JAMOAVIY BOSHQARUV TASHKILOTLARININNG VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

mualliflik huquqini amalga oshirish, mualliflik shartnomalari bo‘yicha haq to‘lash, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni jamoaviy boshqarish, asarni omma oldida ijro etish.

Annotatsiya

 Mualliflik huquqini himoya qilish institutini tashkil etish tarixi, jamoaviy boshqaruv tashkilotlarining vakolatlari, funksiyalari va ularning turlari, mualliflik huquqini jamoaviy boshqarish va vakillik tushunchasi o‘rtasidagi farq bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, jamoaviy boshqaruvning mohiyati, unda ishtirok etgan tashkilotlar mualliflar va boshqa huquq egalari bilan shartnomalar tuzishi, ushbu huquqlarni boshqarish bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmalariga olashlari; huquq egalari, jamoaviy boshqaruv tashkilotlari tomonidan berilgan vakolatlar asosida o‘z nomidan asarlar (mualliflik va turdosh huquqlar obyektlari)dan foydalanadigan shaxslar bilan shartnomalar tuzishi; mualliflik huquqi egalariga to‘lovlarni yig‘ish, tarqatish va to‘lash; sudda mualliflar va boshqa huquq egalarining huquqlarini himoya qilish vazifalarini, shuningdek, baʼzi tashkilotlar o‘z aʼzolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash funksiyalarini ham bajarishlari ko‘rib chiqilgan. Ushbu institutni takomillashtirish bilan bog‘liq ayrim dolzarb muammolarga, mualliflik huquqini himoya qilishning xalqaro standartlariga va milliy qonunchilikning qiyosiy huquqiy tahliliga, shuningdek, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar olimlarining fikrlariga eʼtibor qaratilgan. Mualliflik huquqini rivojlantirish uchun ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar ilgari surildi. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-04

Qanday Iqtibos Keltirish

O‘ZBEKISTONDA MUALLIFLIK HUQUQI BO‘YICHA MULKIY HUQUQLARNI JAMOAVIY BOSHQARUV TASHKILOTLARININNG VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 1(6), 66-73. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/282