QAYTA TASHKIL ETILAYOTGAN YURIDIK SHAXS KREDITORLARINING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MEXANIZMLARINING UMUMIY TAVSIFI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

yuridik shaxs, kreditor, huquqlar, himoya qilish, qarzdor, javobgar, xabardor qilish, jamiyat, ishtirokchilar, muassislar:

Annotatsiya

Yuridik shaxslarni qayta tashkil etishda uning kreditorlari huquqlarining himoya qilinganligi va manfaatlarining ta’minlanganligi asosiy masalalardan biri sanaladi. Chunki, yuridik shaxs qayta tashkil etilishi asosan kreditorlarning manfaatlariga ta’sir kо‘rsatadi va ular huquqlari amal qilishini xavf ostiga qо‘yadi. Shu sababli qayta tashkil etish jarayoni boshlanishidan oldin kreditorni xabardor qilishga nisbatan aniq muddatlarni belgilash muhimdir. Qolaversa, bu jarayonlar haqida kreditorni xabardor etishning odatdagi tartibga yangicha qarash, qayta tashkil etish boshlanishidan xabardor bо‘lishdan kreditorning manfaatdorligini oshirish, bunda xabardor qilishning ommaviy tartibini joriy etish dolzarbdir. Qayta tashkil etish jarayoni boshlanganidan о‘z vaqtida xabardor bо‘lgan yuridik shaxsning о‘z qarzdori bо‘lgan yuridik shaxsga nisbatan talablarini qо‘yish va qayta tashkil etilgan yuridik shaxs bilan huquqiy munosabatlarni saqlab qolish imkoniyati mavjud bо‘ladi. Bu esa qonunchilikda kreditor huquqlarini himoya qilishning muhim vositasi sanaladi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-04

Qanday Iqtibos Keltirish

QAYTA TASHKIL ETILAYOTGAN YURIDIK SHAXS KREDITORLARINING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MEXANIZMLARINING UMUMIY TAVSIFI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 1(6), 74-80. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/283