ADVOKATLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

Advokat, advokatura, advokatlik tuzilmalari, huquqiy maqom, advokatlar hay’ati, advokatlar firmasi, qonunchilik.

Annotatsiya

Mazkur maqolada Respublikamizda advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish, bu borada soha qonunchiligining tegishlicha takomillashtirishning ijobiy samarasi asosida bu sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, mazkur sohani tadqiq etish zarurati mavjudligi asoslangan. Advokatlik faoliyatini amalga oshirishning zamonaviy usullarini joriy etish, advokatura institutini takomillashtirishda advokatlik tuzilmalari va o‘zini o‘zi boshqarish organining huquqiy maqomi masalalariga oid ilmiy tushuncha hamda kategoriyalarning mazmun-mohiyatiga oid xulosalar asoslantirilgan. Xorijiy davlatlarning advokatlik tuzilmalariga oid ilg‘or tajribasi va o‘ziga xos jihatlari tahlil etilib, advokatlik tuzilmalarining tabiati (tijorat, notijorat va aralash) bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Advokatlik faoliyatini yanada rivojlantirish va bu faoliyatni samarali tashkil etilishi borasidagi vazifalarni hal qilish muhim ekanligi tahlil etilgan. Advokatlik faoliyatini tashkil etishning qonunchilik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-04

Qanday Iqtibos Keltirish

ADVOKATLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 1(6), 137-142. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/291