OZODLIKDAN MAHRUM QILISH JAZOSINI O‘TAB CHIQQAN VOYAGA YETMAGANLARNING POST-PENITENSIAR ADAPTATSIYASINI TA’MINLASHNI TAKOMILLASHTIRISH
Kalit so‘zlar:
voyaga yetmaganlar, jinoiy jazo, ozodlikdan mahrum qilish, jazoni ijro etish muassasalari, tarbiya koloniyalari, ma’muriy nazorat, post-penitensiar adaptatsiya, resotsializatsiya.Annotatsiya
Maqolada muallif tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqqan hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan voyaga yetmagan sobiq mahkumlarning post-penitensiar adaptatsiyasini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar tahlil qilingan. Xususan, post-penitensiar adaptatsiya tushunchasining mazmun-mohiyati, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning post-penitensiar adaptatsiyasini ta’minlashning asosiy maqsadi va o‘ziga xos xususiyatlari yoritib o‘tilgan. Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda jazoni o‘tab chiqqan mahkumlarning ijtimoiy reabilitatsiyasini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tilgan. Maqolada huquqshunos olimlarning ushbu sohadagi ilmiy-nazariy qarashlari, huquqni qo‘llash amaliyotidagi mavjud muammolar tahlil etilgan. Bundan tashqari, maqolada xalqaro qonun hujjatlari va Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, Yaponiya, Kanada kabi ilg‘or xorijiy davlatlarning jinoiy jazolarni ijro etish sohasidagi tajribasi tahlil etilgan. Ushbu davlatlarda ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqqan shaxslarning ijtimoiy hayotga moslashtirish va post-penitensiar adaptatsiyasini ta’minlash sohasidagi qonunchilik normalari va amaliyoti o‘rganilgan. Muallif tomonidan ushbu maqolada ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqqan voyaga yetmagan shaxslarning post-penitensiar adaptatsiyasini ta’minlash borasida qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan ayrim takliflar keltirilgan.

