TERGOV QILISHGA YOKI SUD ISHLARINI HAL ETISHGA ARALASHISH JINOYATINING UMUMIY TAVSIFI
Kalit so‘zlar:
odil sudlov, tergov, sud ishlari, sud ishlarini hal etish, tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish, aralashish, mansabdor shaxs.Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 236-moddasida nazarda tutilgan “Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish” jinoyatlariga doir qabul qilingan qonun hujjatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Muallif tomonidan ushbu qonun hujjatlarini tasniflash, sharhlash va ushbu masala mohiyatiga aloqador jihatlar ochib berilgan hamda tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish jinoyatlariga olib keladigan xatti-harakatlarning oldini olishga qaratilgan huquqiy hujjatlar va bu boradagi zaruriy keng ko‘lamli chora-tadbirlar tahlil qilingan. Shu bilan birga, muallif tomonidan tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish jinoyatlari holatini faqatgina aynan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish orqali minimallashtirish yoki tamomila bartaraf etish mumkin emasligi ta’kidlanadi. Bundan tashqari, muallif tomonidan tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish jinoyati bilan bog‘liq nazariy va amaliy muammolar tahlil qilinib, jinoyat huquqi normalarini qo‘llashni takomillashtirish yuzasidan takliflar bayon etilgan.

