ZAMONAVIY XALQARO HUQUQDA DAVLATLAR O‘RTASIDAGI YAXSHI QO‘SHNICHILIK PRINSIPINING AYRIM MASALALARI BORASIDA

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

prinsip, xalqaro huquq, yaxshi qo‘shnichilik, davlat, xalqaro huquq manbalari, doktrinal manbalar, BMT Ustavi,

Annotatsiya

  Ushbu maqolada muallif zamonaviy xalqaro huquqda yaxshi qo‘shnichilik prinsipiga doir masalalarni tahlil qiladi. Tanlangan mavzuning dolzarbligi shu bilan izohlanadiki, O‘zbekistonning hozirgi faol tashqi siyosatida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini amalga oshirish tashqi siyosiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Maqolaning ilmiy yangiligi shundaki, zamonaviy xalqaro huquqning asosiy manbalari va dunyo mamlakatlari, shu jumladan, O‘zbekistonning tashqi siyosatga oid konseptual hujjatlarida ko‘p bora qayd etilishiga qaramasdan, yuridik adabiyotda, xususan, milliy doktrinal manbalarda yaxshi qo‘shnichilik prinsipini huquqiy anglashga doir ma’lumotlar juda kamligi ko‘zga tashlanadi.  Umumiy va maxsus ilmiy uslublar, jumladan, tizimli tahlil, struktural-yuridik, dialektik, tarixiy yondashuvlar, shuningdek, qiyosiy huquqshunoslik uslublaridan foydalangan holda muallif davlat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik prinsipining ta’rifi va yuridik jihatlarini ochib berishga intiladi. Zamonaviy xalqaro huquqning normativ-huquqiy manbalari, mavjud doktrinal baza, jumladan, xorijlik tadqiqotchilar asarlarining tahlili asosida muallif yaxshi qo‘shnichilik prinsipining yuridik jihatlari va xalqaro-huquqiy tabiati haqida o‘z xulosalarini taklif etadi. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-04

Qanday Iqtibos Keltirish

ZAMONAVIY XALQARO HUQUQDA DAVLATLAR O‘RTASIDAGI YAXSHI QO‘SHNICHILIK PRINSIPINING AYRIM MASALALARI BORASIDA. (2026). YURISPRUDENSIYA, 1(6), 200-208. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/299