Ommaviy axborot vositalari faoliyatini tashkil etish (Qiyosiy-huquqiy tahlil)

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

axborot, ro‘yxatga olish, axborot tarqatish, xorijiy tajriba, axborotning ishonchliligi, ruxsatnoma, xabardor qilish

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasida rivojlangan xorijiy davlatlar bo‘lmish Fransiya, Finlandiya, Tayvan kabi davlatlarda Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmlari o‘zaro solishtirilgan holda tahlil qilingan. Barchamizga ma’lumki, bugungi axborot texnologiyalari rivojlangan davrda dunyoni axborotsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Axborot makonining asosiy axborot tarqatuvchisi Ommaviy axborot vositalari  hisoblanadi. Shu sababli axborot makonini sifatli va ishonchli axborot bilan ta’minlash uchun, avvalo, Ommaviy axborot vositalari faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish lozim. Biror davlatga nazar tashlash uchun, avvalo, unda OAV qay ahvolda ekanligiga e’tibor qaratiladi. Agar davlatda senzuraga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, bunday davlatda hech qachon fikr erkin ifodalanmaydi, jamiyatda ham rivojlanish bo‘lmaydi. XXI asr axborot texnologiyalar asri ekanligi barchamizga yaxshi ma’lum, demakki, bu asrda axborot katta kuchga ega. Axborotni esa OAV tarqatadi. Shu sababli davlatlarda OAVga munosabat ham turlicha. Ommaviy axborot vositalarini tashkil qilish jarayoni har bir davlatning o‘ziga xos bo‘lib maqolada atroflicha o‘rganilgan.  

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-18

Qanday Iqtibos Keltirish

Ommaviy axborot vositalari faoliyatini tashkil etish (Qiyosiy-huquqiy tahlil). (2026). YURISPRUDENSIYA, 1(Maxsus II), 90-94. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/341