PROKURАTURА ORGАNLАRIDА JISMONIY VА YURIDIK SHАXSLАRNING MUROJААTLАRIGА OID QONUNLАR IJROSI USTIDАN NАZORАT FАOLIYATI PREDMETI, MАQSАDI VА HUQUQIY АSOSLАRI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

murojaat, prokuratura organi, predmet, obyekt, huquqiy asos, jismoniy shaxs murojaati, yuridik shaxs murojaati, prokuror nazorati.

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasida prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sirasiga “fuqaroning huquq hamda erkinliklarini taʼminlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish” qayd etilganligi keltirilgan. Ushbu yo‘nalishdagi faoliyatning predmeti, asosan, jismoniy va yuridik shaxslarning ariza, shikoyat va murojaatlari qonuniy hal etilishini taʼminlashdan iborat bo‘lishi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shundan kelib chiqqan holda, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga oid qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazoratining predmeti, ushbu sohada nazoratni amalga oshirish maqsadi hamda mazkur yo‘nalishdagi normativ-huquqiy hujjatlar ilmiy-nazariy asoslarga ko‘ra o‘rganilgan. Prokuratura organlarida murojaatlarga oid qonunlar ijrosi ustidan nazorat faoliyatining predmeti va obyekti o‘rtasidagi chegara yoritib berilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi va “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunlarida mustahkamlangan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga oid ayrim normalar tahlil etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining “Fuqarolarning ariza va shikoyatlari hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish” haqidagi 7-moddasidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining “Murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonuniylikni taʼminlash borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi buyrug‘ida keltirilgan huquqiy asoslar bayon etilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-18

Qanday Iqtibos Keltirish

PROKURАTURА ORGАNLАRIDА JISMONIY VА YURIDIK SHАXSLАRNING MUROJААTLАRIGА OID QONUNLАR IJROSI USTIDАN NАZORАT FАOLIYATI PREDMETI, MАQSАDI VА HUQUQIY АSOSLАRI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 1(Maxsus II), 102-109. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/343