IJTIMOIY XAVFLI QILMISH SODIR ETGAN SHAXSNI USHLASHNING ZARUR CHORALARI CHEGARASIDAN CHETGA CHIQIB QASDDAN ODAM O‘LDIRISHDA ZARAR YETKAZISH MASALASI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

ijtimoiy xavfli qilmish, shaxs, ushlash, zarur choralar, chegarasidan chetga chiqib, qasd, odam o‘ldirish, zarar yetkazish, jinoyat

Annotatsiya

Mazkur maqolada ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib qasddan odam o‘ldirishda zarar yetkazish masalasi haqidagi fikrlar tahlil etilgan. Shuningdek, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib qasddan odam o‘ldirish – sodir etilgan jinoyat xavflilik darajasiga yoki uni ushlash vaziyatiga ochiq-oydin nomuta­nosib ravishda odam o‘ldirish hisoblanib, bunda shaxsga nisbatan yetkazilgan zararni aniqlash muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslangan. Bundan tashqari, jinoyat huquqi nazariyasida ijtimoiy xavfli qilmishning oldini olish maqsadida zarar yetkazish asosi xususida mualliflarning fikrlari turlicha ekanligi, ya’ni olimlar jinoyat-huquqiy zarar yetkazishning asosi sifatida shaxs tomonidan ijtimoiy xavfli qilmish yoki jinoyat sodir etilganligi yoxud sodir etilishi mumkin deb hisoblashlarini tahlil etgan. Biroq tezkor topshiriqni bajarish vaqtida zarar yetkazish amaliyotda tegishli xodim tomonidan qanday ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganiga, u tomondan qanday darajada zarar yetkazish mumkinligi masalasi muammoligicha qolib kelayotgani va bu, o‘z navbatida, qonunda tezkor topshiriqni bajarish vaqtida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etish yoki boshqacha zarar yetkazish chorasini qo‘llash asosi va shartlariga oydinlik kiritishni talab etishi ham mazkur maqolada o‘z ifodasini topgan. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-18

Qanday Iqtibos Keltirish

IJTIMOIY XAVFLI QILMISH SODIR ETGAN SHAXSNI USHLASHNING ZARUR CHORALARI CHEGARASIDAN CHETGA CHIQIB QASDDAN ODAM O‘LDIRISHDA ZARAR YETKAZISH MASALASI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 1(Maxsus II), 119-124. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/345