MAHKUMLARNING JAZO O‘TASHNI DAVOM ETTIRISHI UCHUN FUQAROLIGI BO‘LGAN DAVLATGA TOPSHIRISHDAGI HUQUQIY MAQOMI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

mahkum, xalqaro hamkorlik, xalqaro shartnoma, topshirish, huquqiy maqom

Annotatsiya

Mazkur maqolada mahkumlarni topshirish mexanizmi bo‘yicha xalqaro hamkorlikning huquqiy asosi hisoblangan xalqaro shartnomalar hamda mahkumning topshirish jarayonida uning huquqlari bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro hujjatlar o‘rganilgan va tahlil qilingan. Mahkumlarni huquqiy maqomini aniqlashda, ularning huquqlariga alohida to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, topshirilayotgan mahkumlarning huquqiy maqomi uning ajralmas qismi sifatida jazoni o‘tayotgan shaxslarning huquqiy maqomi doirasida ko‘rib chiqilishi kerakligiga e’tibor berilgan. Muallif mahkumlarning topshirish jarayonidagi huquqiy holati milliy qonunchilikda alohida belgilanmaganligini, ikki yoki ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarda ularga ta’rif berilganligini hamda huquq va majburiyatlari o‘z aksini topganligini ta’kidlaydi. Bundan tashqari, mahkumning huquqiy maqomining tahlili natijasida asosiy urg‘uni aynan mahkum xorijiy davlatda jazo o‘tayotganligi va topshirilishi jarayonidagi huquq va majburiyatlarni hisobga olishi zarurligini xulosa qiladi hamda mahkumni topshirish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish bosqichida, ham jinoyat-protsessual, ham jinoyat ijroiya qonunchiligiga hamda xalqaro standartlarga murojaat qilish zarurati yuzaga kelishini ta’kidlaydi. Muallif tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarining bir-biriga bog‘liq jihatlari keng yoritilgan bo‘lib, milliy qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasida o‘z fikr va mulohazalarini keltirgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-18

Qanday Iqtibos Keltirish

MAHKUMLARNING JAZO O‘TASHNI DAVOM ETTIRISHI UCHUN FUQAROLIGI BO‘LGAN DAVLATGA TOPSHIRISHDAGI HUQUQIY MAQOMI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 1(Maxsus II), 151-159. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/349