MUАLLIFLIK HUQUQI VА TURDOSH HUQUQLАRNI “KENGАYTIRILGАN JАMOАVIY BOSHQАRUV” АSOSIDА АMАLGА OSHIRISH

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

mualliflik huquqi, mualliflik shartnomalari bo‘yicha haq to‘lash, mualliflik huquqini amalga oshirish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni jamoaviy boshqarish, asarni omma oldida ijro etish, kengaytirilgan jamoaviy boshqarish

Annotatsiya

Maqolada mavzu doirasida yangi, yuqori texnologiyali sohalarda nafaqat mualliflarga – mualliflar jamiyati aʼzolariga, balki boshqa barcha mualliflarga, shu jumladan, nomaʼlum mualliflarga nisbatan ham amalga oshiriladigan butunlay boshqa turdagi jamoaviy boshqaruvga ehtiyoj borligi va uning ahamiyati yoritib berilgan. Aynan ushbu mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni amalga oshirish tizimi baʼzan “kengaytirilgan jamoaviy boshqaruv” deb ataladi. Shuningdek, mualliflik huquqi doirasida huquq egalari, jamoaviy boshqaruv tashkilotlari tomonidan berilgan vakolatlar asosida o‘z nomidan asarlar (mualliflik va turdosh huquqlar obyektlari)dan foydalanadigan shaxslar bilan shartnomalar tuzish, mualliflik huquqi egalariga to‘lovlarni yig‘ish, tarqatish va to‘lash masalalari ham atroflicha o‘rganilgan. Ushbu institutni takomillashtirish bilan bog‘liq ayrim dolzarb muammolar, mualliflik huquqini himoya qilishning xalqaro standartlari va milliy qonunchilikning qiyosiy-huquqiy tahlili, shuningdek, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar olimlarining fikrlariga eʼtibor qaratilgan. Mualliflik huquqini rivojlantirish uchun ilmiy va amaliy ahamiyatga ega taklif va tavsiyalar ilgari surildi. Shuningdek, intellektual mulk huquqi olimlarning mavzuga oid ilmiy qarashlari tahlillari natijalariga asoslanib, muаlliflik huquqi vа turdosh huquqlаrni “kengаytirilgаn jаmoаviy boshqаruv” аsosidа аmаlgа oshirish usullari va uning  samaradorligi, ushbu huquqlardan foydalanishning natijadorligi kabi tushunchalarning ta’riflari hamda “agentlik turidagi jamoaviy boshqaruv”ni amalga oshirish uchun intellektual mulk huquqining maxsus qoidalari, prinsiplari ilmiy asoslangan holda o‘rganilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-18

Qanday Iqtibos Keltirish

MUАLLIFLIK HUQUQI VА TURDOSH HUQUQLАRNI “KENGАYTIRILGАN JАMOАVIY BOSHQАRUV” АSOSIDА АMАLGА OSHIRISH. (2026). YURISPRUDENSIYA, 2(1), 38-48. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/359