OʻZBEKISTONDА KONSTITUTSIYAVIY SUDLOV INSTITUTINING TAKOMILLASHISH BOSQICHLARI HAMDA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

konstitutsiyaviy nazorat, konstitutsiyaviy sudlov, Konstitutsiyaviy sud, konstitutsiyaviy shikoyat, Konstitutsiyaviy sud ish yurituvi

Annotatsiya

Mazkur maqolada Oʻzbekistondа konstitutsiyaviy nazorat institutining vujudga ke­lishi va rivojlanish bosqichlari tadrijiy tahlil qilingan. Muallif mamlakatimizda konstitutsiyaviy sudlov rivojini toʻrt bosqichga bo‘lib oʻrganish mumkinligini qayd etadi. Mamlakatimizda konstitutsiyaviy odil sudlov milliy huquqiy tizimda nisbatan yangi va rivojlanayotgan yoʻnalish ekanligi, yangi yoʻnalishning rivojlanishida o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligi, konstitutsiyaviy nazorat institutini kuchaytirish va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishni taqozo qiluvchi masalalar keng tahlil qilingan. Bi­rinchi bosqichda Konstitutsiyaviy nazorat qo'mitasining vakolatlari tegishli qonun hujjati asosida tahlil etilgan. Ushbu bosqichda konstitutsiyaviy nazorat organi toʻliq mustaqil emas edi hamda uning faoliyati konstitutsiyaviy nazorat sohasidagi xalqaro standartlarga javob bermas edi. Ikkinchi bosqichda konstitutsiyaviy nazorat sohasida xalqaro standartlar asosida bir qator islohotlar amalga oshirilgan boʻlishiga qaramay, mazkur organning inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi roli sust edi. Uchinchi bosqichda Konstitutsiyaviy sud faoliyatida muhim hamda tub oʻzgarishlar davri bo‘ldi. Bu davr konstitutsiyaviy shikoyat institutining joriy etilishi bilan ahamiyatlidir. Muallif joriy qonunchilikni tahlil qilgan holda, mazkur organ faoliyatida takomillashtirilishi lozim boʻlgan ustuvor yo‘nalishlarni koʻrsatib beradi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-18

Qanday Iqtibos Keltirish

OʻZBEKISTONDА KONSTITUTSIYAVIY SUDLOV INSTITUTINING TAKOMILLASHISH BOSQICHLARI HAMDA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI . (2026). YURISPRUDENSIYA, 2(2), 14-22. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/384