O‘ZBEKISTONDA MA’MURIY NIZOLARNI HAL QILISH JARAYONLARINI SODDALASHTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

ma’muriy tartib-taomillar, ma’muriy nizolar, ma’muriy harakat, sudgacha shikoyat qilish, nizolarni sudgacha hal qilish, ma’muriy huquq, Ombudsman

Annotatsiya

Maqolada ma’muriy nizolarni hal qilishda xorijiy davlatlar tajribasi va O‘zbekiston Respublikasida sudgacha hal qilish mexanizmlari tahlil qilingan. Xorijiy davlatlar tajribasi nizolarni hal qilishning turli usullari mavjudligi va nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarining samarali qo‘llanib kelinayotganini ko‘rsatdi. Ma’muriy nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarining belgilanishi nizolarni tezroq, osonroq hamda tinch yo‘l bilan hal qilish imkonini beradi. Fuqarolarning ortiqcha vaqt va mablag‘lari sarflanishining oldi olinadi, davlat resurslari tejaladi, ma’muriy sudlarning ish yuklamasi kamayishiga erishiladi. Albatta, nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha vakolatli organ tomonidan qabul qilingan qarorga aholi yoki tadbirkorlik subyekti rozi bo‘lmasa, nizoni sudda ko‘rib chiqish uchun murojaat qilish bilan bog‘liq konstitutsiyaviy huquq mavjud bo‘ladi. Ya’ni, nizolarning sud tomonidan ko‘rib chiqilishi ma’muriy nizolarni ko‘rib chiqish jarayonida buzilgan huquqlarni himoya qilishning yakuniy kafolati hisoblanadi. Xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga sudgacha ma’muriy nizolarni hal qilish mexanizmining kiritilishi qonunchilikda huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish hamda ma’muriy nizolarni ko‘rib chiqish va hal qilishda yagona huquqiy mexanizmlar belgilanishiga xizmat qiladi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-18

Qanday Iqtibos Keltirish

O‘ZBEKISTONDA MA’MURIY NIZOLARNI HAL QILISH JARAYONLARINI SODDALASHTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 2(2), 61-70. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/393