OXIRGI ZARURAT HOLATIDA SODIR ETILGAN QILMISHNI BAHOLASHNING JINOYAT-HUQUQIY JIHATLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

oxirgi zarurat, maxsus subyekt, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish, jazodan ozod qilish, yuridik xato, xavf, huquqiy baho.

Annotatsiya

Mazkur maqolada oxirgi zarurat holatida sodir etilgan qilmishning o‘ziga xosligi va uni baholashning jinoyat-huquqiy jihatlari o‘rganildi. Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan qilmishni baholash masalalari yuzasidan milliy jinoyat huquqi doirasida chuqur ilmiy izlanishlar bugungi kunda mavjud bo‘lmaganligi hamda ushbu ilmiy maqolada aks ettirilgan fikrlar ilmiy qarashlar sifatida o‘rin olganini hisobga olib, ushbu tadqiqot ishida, asosan, qiyosiy-huquqiy tahlil metodidan foydalanildi. Shu bilan birga, kuzatish, umumlashtirish, induksiya va deduksiya metodlari qo‘llanildi. Oxirgi zarurat chegarasidan chiqishning tarkibini tahlil qilish orqali ushbu qilmishga huquqiy baho berish masalalari yoritildi. Shuningdek, umumiy subyekt va maxsus subyektning farqli tomonlariga e’tibor qaratildi. Qilmishni aybning qasd va ehtiyotsizlik shakllarida sodir etish hollarida oxirgi zarurat holatiga qay tartibda baho berish masalasi muhokama qilindi. Muvaffaqiyatsiz amalga oshirilgan oxirgi zarurat bilan oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish turli tushunchalar ekanligi isbotlab berildi. Maqolada keltirilgan nazariy xulosalar huquqshunos olimlarning qarashlarini o‘rganish asosida olindi. Faktik xato natijasida sodir etilgan qilmishga huquqiy baho berishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan holatlar bayon qilindi. Maqolada keltirilgan fikrlarni asoslashda Germaniya, Shveysariya, San-Marino, Ispaniya, Polsha, Yaponiya, Belarus kabi xorijiy davlatlar qonunchiligidagi oxirgi zaruratga bag‘ishlangan normalar tahlil qilindi va O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunidagi tegishli normaning takomillashtirilishi uchun nazariy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-18

Qanday Iqtibos Keltirish

OXIRGI ZARURAT HOLATIDA SODIR ETILGAN QILMISHNI BAHOLASHNING JINOYAT-HUQUQIY JIHATLARI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 2(2), 133-142. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/404