SHAXSNING OZODLIGIGA QARSHI JINOYATLAR UCHUN JAVOBGARLIK BELGILANGAN JINOYAT QONUNI NORMALARINING RIVOJLANISHI
Kalit so‘zlar:
erkinlik, ozodlik, shaxsiy daxlsizlik, odam o‘g‘irlash, qiynash, ozodlikdan mahrum qilish, odam savdosi, ayolni erga tegishga majbur qilishAnnotatsiya
Ushbu maqolada shaxsning ozodligiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik belgilangan jinoyat qonuni normalarining rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Ozodlik insonlarning o‘z taqdiri, maqsad va intilishlarini o‘zi belgilashi, ularni subyektiv xohish-irodasiga ko‘ra mustaqil amalga oshira olishini nazarda tutadi. Shuning uchun ham tarixiy rivojlanishning barcha davrlarida insonlar ozodlikka intilib, ozodlik va erkinlik uchun kurashib kelganlar. Mazkur maqolada Xammurapi qonunlari, Qadimgi Yunoniston, Rim imperiyasi, islom huquqi, yurtimizda xonliklar, amirlik davri, sovet tuzumi va mustaqillik davrlarida shaxsning ozodligiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik masalasi atroflicha tahlil qilingan. Shu jumladan, O‘zbekistonda amalda bo‘lgan 1926-, 1959- va 1994-yillardagi jinoyat qonunlarida shaxsning ozodligiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik belgilangan normalar qiyosiy-huquqiy o‘rganilgan. Bunda qayd etilgan jinoyat qonunlarida shaxsning ozodligiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilaydigan normalar tahlil qilinib, ushbu normalarning amaldagi jinoyat qonunida belgilangan normalardan farqli jihatlari aniqlangan hamda tarixiy rivojlanish jarayonlarida mavjud bo‘lgan ijobiy tajribalarni tiklash hamda amaldagi jinoyat qonunini takomillashtirish masalalari o‘rganilgan. Muallif tomonidan ushbu masalalar yuzasidan xulosalar ilgari surilgan.
Iqtiboslar
1. Saidov A.X. Inson huquqlari: Parlament aʼzolari uchun qoʻllanma [Human Rights: A Guide for Members of Parliament]. Tashkent, National Center of Human Rights of the Republic of Uzbekistan, 2007, p. 202.
2. Kazamirov A.I. K voprosu o sisteme prestupleniy protiv svobody lichnosti [To the question of the system of crimes against the freedom of the individual]. Theoretical, methodological and applied aspects of wrestling with crime: History and modernity. Proceedings of International Scientific and Practical Conference, 2005, March 17-18, pp. 192–197.
3. Oganyan R.E. Pokhishheniye cheloveka: istoricheskiye i pravovyye problemy [Abduction of
a person: historical and legal issues]. Moscow, 2001, p. 9.
4. Martynenko N.E. Pokhishheniye cheloveka: ugolovno-pravovoy i kriminologicheskiy aspekty [Abduction of a person: criminal law and criminological aspects]. Abstract of PhD thesis. Moscow, 1994, pp. 12–13.
5. Khrestomatiya po istorii gosudarstva i prava zarubezhnykh stran. Drevniye i Sredniye veka [Reader on the history of the state and the law of foreign countries. Ancient and Middle Ages]. Ed.
V.A. Tomsinova. Moscow, 2000, p. 12.
6. Gadzhiemenov B.A. Ugolovno-pravovyye i kriminologicheskiye problemy pokhishheniya cheloveka [Criminal law and criminological problems of kidnapping]. PhD thesis. Moscow, 2000, p. 8.
7. Shodiyev J.M. Buxoro amirligining tashkil topishi va davlat tuzumi [Establishment of Bukhara Emirate and state structure]. PhD thesis. Tashkent, TSUL, 2008, p. 45.
8. Xidirov Z.M. Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi, davlat va huquq tizimi [Formation of Khorezmshah state, state and legal system]. PhD thesis. Tashkent, TSUL, 2010, p. 30.
9. Ahmedova M.T. Qoʻqon xonligining tashkil topishi, davlat tizimi va huquq manbalari [Establishment of Kokand khanate, state system and sources of law]. PhD thesis. Tashkent, TSUL, 2008, p. 16.
10. Rasulov O.X. Sovet jinoyat huquqi [Soviet criminal law]. Tashkent, Oʻqituvchi publish, 1969, p. 26.
11. Usmonaliyev M., Bakunov P. Jinoyat huquqi [Criminal law]. Tashkent, Nasaf publish, 2010, p. 49.
12. Sulaymonova X.S. Istoriya sovetskogo gosudarstva i pravo Uzbekistana [The history of the Soviet state and the law of Uzbekistan]. Tashkent, AN Uzbekistan SSR, 1960, p. 406.
13. Ahmedov B.A., Blinder B.A., Zakutskiy S.G. et al. Sovet jinoyat huquqi [Soviet criminal law]. Tashkent, Oʻqituvchi publish, 1983, p. 92.
14. Oʻzbekiston SSR Jinoyat kodeksiga sharhlar [Comments on the Criminal Code of the Uzbek SSR]. Ed. B.R. Olimzhanov. Tashkent, Oʻzbekiston Publ., 1988, p. 229.
15. Oʻzbekiston SSR Jinoyat kodeksiga sharhlar [Comments on the Criminal Code of the Uzbek SSR]. Eds. G. Abdumajidov, M. Vasikova. Tashkent, Oʻzbekiston Publ., 1973, p. 179.
16. Rustamboev M.H. Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi [Course of criminal law of the Republic of Uzbekistan]. Crimes against the person. Crimes against peace and security. Tashkent, ILM ZIYO publish, 2011, vol. 3, p. 199.
17. Rustamboev M.H., Abdurasulova Q.R., Axrarov B.J. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi konsepsiyasi va doktrinasini rivojlantirish muammolari [Problems of developing the concept and doctrine of criminal law of the Republic of Uzbekistan]. Tashkent, TSUL, 2011, p. 17.

