O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGI VA XALQARO SHARTNOMALARDA MUALLIFLIK HUQUQI VA TURDOSH HUQUQLARNI RAQAMLI MUHITDA MUHOFAZA QILISHGA DOIR HUQUQIY NORMALAR

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

mualliflik huquqi, turdosh huquqlar, internet shartnomalar, raqamli muhit, kibermakon, multimedia, telekommunikatsiya tarmog‘i

Annotatsiya

Maqolada XX asrning oxirgi choragidan boshlab mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlarining axborot-kommunikatsiya tarmoqlarida huquqiy muhofazasini ta’minlashga doir muammolarning yuzaga kelishi va o‘z navbatida, muallif (huquq ega)lar va foydalanuvchilar o‘rtasidagi tenglik (balans) masalasini doimiy ushlab turish bilan bog‘liq jihatlar xususida so‘z boradi. Ma’lumki, 1996-yilda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan aynan mualliflik va turdosh huquqlar obyektlarining Internet tarmog‘ida huquqiy muhofazasini ta’minlashga doir ikkita muhim hujjat – internet shartnomalari qabul qilingan. Aynan ushbu hujjatlarning qabul qilinishi dunyo mamlakatlarining mualliflik huquqi sohasidagi milliy qonunchiliklariga zarur o‘zgartirishlar kiritishlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Shu bilan birga, oxirgi 20-30 yillikda sohaga doir boshqa xalqaro va mintaqaviy hujjatlardan ham raqamli muhitda mualliflik va turdosh huquqlar muhofazasini ta’minlashga doir normalar o‘rin egalladi. Ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonning mualliflik huquqiga doir milliy qonunchiligida ham asarlarning Internet va telekommunikatsiya tarmoqlarida huquqiy muhofazasini ta’minlashga doir normalar o‘z aksini topgan. Maqolada aynan ushbu jihatlar hamda mavjud normalarni amaliyotda qo‘llashga doir muammolar haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, xalqaro konvensiya (Bern konvensiyasi, Rim konvensiyasi) va shartnomalar (BIMT internet shartnomalari, TRIPS kelishuvi) normalari hamda doktrinal manbalar asosidagi nazariy-qiyosiy qarashlar o‘rganilgan. “Raqamli muhit”, “raqamli texnologiyalar”, “multimedia”, “kibermuhit” kabi tushunchalar tahlil qilinib ularning mohiyati muhokama etilgan. Yakunda O‘zbekistonda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning raqamli muhitdagi muhofazasini ta’minlash zarurati, huquqiy mexanizmlar, “internet shartnomalar” normalarini amaliyotda qo‘llash masalalari, bunda mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning tutgan o‘rni haqida xulosalar qilingan.

Iqtiboslar

1. Aplin T. Copyright law in the Digital Society. School of law King‘s College London. Hart Publishing. Oxford – Portland Oregon, 2005, p. 2.

2. Cambridge Dictionary. Available at: https://dictionary.cambridge.org/dictionary/english/cyberspace

3. Cambridge Dictionary. Available at: https://dictionary.cambridge.org/dictionary/english/multimedia

4. Vivanco V.T. Todo el poder de multimedia [All the power of multimedia]. 2nd ed. Mexico, McGraw-Hill, 1995.

5. Mazziotti G. EU Digital Copyright Law and the End-User. Springer-Verlag Berlin Heidelberg, 2008, p. 4.

6. Jarova A.K. Informatsiya. Pravovoye regulirovaniye obrashheniy informatsii v Internete [Information. Legal regulation of traffic information in the Internet]. Ed. I.L. Bachilo. Мoscow, State Institute of Law RAS RF, 2006, 207 p.

7. Gekht А.B., Komissarova Т.S., Moseev V.I., Tserianashvili I.А. Istoriya svyazi [Communication history]. Federal Communications Agency. St. Petersburg, St. Petersburg State University of Telecommunications named after M.A. Bonch-Bruevich, 2016.

8. Stamatoude I.A., Torremans P.L.C. Copyright in the New Digital Environment: The need to redesign Copyright. London, Sweet & Maxwel, 2000, p. 4.

9. Berne Convention for the Protection of Literary and Artistic Works, as amended on September 28, 1979. Available at: https://www.wipo.int/wipolex/ru/treaties/textdetails/12214

10. Pardo J.R. Copyright and Multimedia. Kluwer Law International, 2003, p. 55.

11. Agreement on trade-related aspects of Intellectual Property rights. Available at: https://wipolex-res.wipo.int/edocs/lexdocs/treaties/ru/wto01/trt_wto01_001ru.pdf

12. Hildebrandt M. Copyright in Cyberspace. Law for Computer Scientists. Available at: https://lawforcomputerscientists.pubpub.org/pub/yjwfiwk5/release/8

13. Olu A., Okuonghae N. Challenges of copyrigh allenges of copyright protection in the digital age: the Nigerian perspective. Library Philosophy and Practice, 2022, p. 7159. Available at: https://digitalcommons.unl.edu/libphilprac/7159

14. Diplomatic Conference on Certain Copyright and Neighboring Rights Questions. Available at: https://www.wipo.int/meetings/en/details.jsp?meeting_id=3010

15. WIPO Internet Treaties. Available at: https://www.wipo.int/copyright/en/activities/internet_treaties.html

16. Office of the United States Trade Representative. 2022, 2021, 2020, 2019 Special 301 Report. Available at: https://ustr.gov/sites/default/files/IssueAreas/IP/2022%20Special%20301%20Report

17. Digital Restrictions Management. Available at: www.drm.info

18. World Intellectual Property Organization (WIPO)TRT/WPPT/001. Available at: https://wipolex.wipo.int/en/text/295480

19. Xursanov R. The legal model of digital rights and the problems of providing information. Eurasian Journal of Academic Research, 2022, no. 2 (13), pp. 644–650.

20. Access to European Union law. Available at: https://eur-lex.europa.eu/search.html?scope=EURLEX&text=copyright&lang=en&type=quick&qid=1679845146220

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-18

Qanday Iqtibos Keltirish

O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGI VA XALQARO SHARTNOMALARDA MUALLIFLIK HUQUQI VA TURDOSH HUQUQLARNI RAQAMLI MUHITDA MUHOFAZA QILISHGA DOIR HUQUQIY NORMALAR. (2026). YURISPRUDENSIYA, 3(2), 47-54. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/531