FUQAROLIK HUQUQIDA SUKSESSIYA INSTITUTI VA UNING QO‘LLANILISHI
Kalit so‘zlar:
universal suksessiya, singulyar suksessiya, yuridik shaxs, bitim, shartnoma, mulkiy huquq va majburiyatlarAnnotatsiya
Ijtimoiy hayotda yuzaga keladigan munosabatlar turli huquq sohalarining qator institutlari bilan tartibga solinadi. Xususan, fuqarolik huquqi sohasida fuqarolik huquqi subyektlari o‘rtasida vujudga keladigan va shakllanadigan shunday munosabatlar borki, aniq hayotiy vaziyatning yuzaga kelishi sababli ularning rivojlanishi unda qatnashuvchi taraflarning huquqiy vorislari tomonidan ta’minlanadi. Bu institut sivilistikada suksessiya deb nomlanadi. Mazkur maqolada suksessiya institutining ta’rifi, universal va singulyar huquqiy vorislik masalalari, ularning fuqarolik qonunchiligida qo‘llanishiga doir masalalar o‘rganilgan. Xususan, suksessiya – bu mulkiy huquq va majburiyatlarning bir shaxsdan ikkinchi shaxsga bevosita qonun yoki shartnoma asosida o‘tishi hodisasidir. Huquqiy vorislik – universal va singulyar bo‘lishi mumkin. Universal huquqiy vorislikda bir shaxsga tegishli bo‘lgan barcha huquq va majburiyatlarning jami ikkinchi shaxsga o‘tadi. Masalan, bir necha yuridik shaxlar qo‘shib yuborilganda, yangi tashkil bo‘lgan yuridik shaxsga universal vorislik tartibida oldingilarga tegishli barcha huquq va majburiyatlar o‘tishini ko‘rish mumkin. Singulyar vorislik deganda, mulkka bo‘lgan huquqlarning to‘liq emas, balki ma’lum bir qismiga bo‘lgan huquqlarning o‘tishi tushuniladi. Suksessiya instituti fuqarolar va yuridik shaxslar ishtirok etgan munosabatlarda keng qo‘llaniladi.
Iqtiboslar
1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi [Strategy of New Uzbekistan]. Tashkent, 2021,
p. 70.
2. Rimskoye chastnoye pravo [Roman private law]. Eds. by I.V. Novisky, I.S. Peretersky. P. 129. Available at: http://lib.maupfib.kg/wp-content/uploads/novizkiy.pdf
3. Günal N. Roma miras hukuku’na genel bir bakiş ve vasiyet yolu ile miras [A general overview of Roman inheritance law and inheritance through will]. Available at: https://dergipark. org.tr/tr/ download/ article-file/629576
4. Zokirov I.B. Fuqarolik huquqi [Civil law]. Part I. Tashkent, 2009, p. 183.
5. Fuqarolik huquqi [Civil law]. Ed. O. Okyulov. Tashkent, 2017, p. 81.
6. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh [Commentary on the Civil Code of the Republic of Uzbekistan]. Vol. 1 (part one). Tashkent, 2010, p. 145.
7. Sukhanov Ye.A. Grazhdanskoye pravo [Civil law]. Moscow, 1997, p. 48.
8. Grazhdanskoye pravo [Civil law]. Vol. 1. Moscow, 2011, p. 120.
9. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh [Commentary on the Civil Code of the Republic of Uzbekistan]. Vol. 1 (part one). Tashkent, 2010, p. 145.
10. Rahmonqulov H.R. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining birinchi qismiga umumiy tavsiya va sharhlar [General recommendations and comments on the first part of the Civil Code of the Republic of Uzbekistan]. Tashkent, 1997, p. 176.
11. Grazhdanskoye pravo [Civil law]. Vol. I. Ed. E.A. Sukhanov. Мoscow, 2004, p. 420.
12. Türk Medeni Kanunu [Turkish Civil Law]. Law. 2001, November 22, No. 4721.
13. Rahmonqulov H.R. Fuqarolik huquqi muammolari [Civil rights problems]. Part 1. Tashkent, 2010, p. 254.
14. Belov V.A. Singulyarnoye pravopreyemstvo v obyazatelstve [Singular succession in obligation]. Moscow, Center YurInfoR Publ., 2002, p. 299.
15. Handler W.C. Succession in Family Business: A Review of the Research. Family Business Review, 1994, vol. 7 (2), pp. 133–157. DOI: 10.1111/j.1741-6248.1994.00133.x

