-LA + -SH VA -LASH AFFIKSLI SOʻZSHAKLLAR ORASIDAGI OMONIMIYA

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

qoʻshma affiks, omoaffiks, feʼl turkumi, feʼl nisbatlari, soʻzshakllar, semantik munosabatlar, affikslar tizmasi, omonimiya, nisbat koʻrsatkichlari

Annotatsiya

Maqolada oʻzbek tilida qoʻshma affiks va affikslar tizmasidagi omonimiyaga oid affikslarni guruhlarga ajratish, ular oʻrtasidagi semantik munosabatlar, ularning semantik-struktur xususiyatlarini aniqlash, bundan omoaffikslarni tartibga solish yuzasidan fikrlar bildirilgan. Jumladan, Oʻzbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasini lisoniy oʻrganib, omoaffikslarning qoʻllanishi, xususan, mazkur ishimizda tadqiq qilinayotgan -lash hamda -la + -sh affikslarini oʻrganilgan. Feʼl soʻz turkumlari orasida oʻzining murakkabligi, munozarali tomonlarining koʻpligi bilan ajralib turadi. Feʼllarda mana shunday muammolardan biri koʻp yillardan beri tilshunos olimlarning diqqat-eʼtiborini tortib kelayotgan -lash affiksini baholash, uning maʼno xususiyatlarini oʻrganishdir. Maʼlumki, nutqda bu affikslar bilan yasaluvchi feʼllarning soʻzshakllariga -la + -sh affikslar tizmasi qatnashadigan feʼl soʻzshakllari omonim boʻlib keladi. Maqolada -la affiksi bilan yasalgan feʼl nisbatlarining turli koʻrsatkichlari bilan qoʻllanadi, -lash affiksi bilan yasalgan soʻzshakllariga omonimik munosabatda boʻladi. Feʼldagi mana shu jumboqli, bir-biriga bogʻliq masalalarni oʻrganish nazarda tutilgan. Oʻzbek tilshunosligida feʼl turkumining yoritilishi, xususan, shu mavzuni oʻrganishga bagʻishlangan tadqiqot ishlarining oʻrganib chiqilganligi haqida ham toʻxtalib oʻtilgan. Ayniqsa, -lash affiksi bilan hamda -la + -sh affikslari tizmasi bilan kelgan feʼllar “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”dan terib olingan, badiiy adabiyotlardan misollar toʻplangan. Toʻplangan maʻlumotlar mavjud nazariy fikrlar asosida tahlil qilingan. 

Iqtiboslar

1. Mirzayev M., Usmonov S., Rasulov I. Oʻzbek tili [Uzbek language]. Tashkent, 1978, pp. 120–121.

2. Hojiyev A. Soʻz yasalishi. Hozirgi oʻzbek adabiy tili [Word formation. Modern Uzbek literary language]. Tashkent, 1980, p. 199.

3. Tursunov U., Muxtorova A., Rahmatullayev Sh. Hozirgi oʻzbek tili [Current Uzbek language]. Tashkent, Uzbekistan Publ., 1992.

4. Aylamova M.T. O‘zbek tilidagi omomorfemalar [Homomorphemes in the Uzbek language]. Proceedings of scientific works of Tashkent State University, 1964, no. 203.

5. Oʻzbek tili grammatikasi [Grammar of the Uzbek language]. Tashkent, Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan Publ., 1975.

6. Gʻulomov A. Feʼl [Verb]. Tashkent, 1959.

7. Hojiyev A. Feʼl [Verb]. Tashkent, FAN Publ., 1973.

8. Gʻulomov A., Tixonov A., Qoʻngʻurov R. Oʻzbek tili morfem lugʻati [Uzbek language morpheme dictionary]. Tashkent, Ukituvchi Publ., 1977.

9. Hojiyev A. Soʻz yasalishi. Hozirgi oʻzbek adabiy tili [Word Formation. Modern Uzbek literary language]. Tashkent, Ukituvchi Publ., 1980.

10. Joʻraboyeva M.A. Oʻzbek tilida affiksal omonimiya [Affixal homonymy in the Uzbek language]. Journal of Uzbek Language and Literature, 1970, vol. 3.

11. Joʻraboyeva M.A. Affiksal omonimlarni belgilashning formal va semantik prinsiplariga doir [On the formal and semantic principles of determining affixal homonyms]. Tashkent, Issues of Uzbek Linguistics, 1975, iss. 475.

12. Joʻraboyeva M.A. Oʻzbek tilidagi affiksal omonimik qatorlarni yoppasiga oʻrganish natijalari. [Results of comprehensive study of affixal homonymic strings in the Uzbek language]. Tashkent, Issues of Uzbek Linguistics, 1975, iss. 486.

13. Ziyamukhamedova Sh.T. Uzbekskiye terminy informatsionno-kommunikatsionnoy sfery [Uzbek terms of the information and communication sphere]. Cultral Studies, Art Studies and Philology: Modern Views and Scientific Research. 2019, pp. 95–102.

14. Ziyamuhamedova Sh. Bobur g‘azallari leksikasi bo‘yicha konkordans-lug‘at (116 g‘azal namunalari bilan) [A concordance dictionary on the lexicon of Babur’s ghazals (with examples of 116 ghazals)]. Societies and Innovations, 2022, no. 3, pp. 24–30.

15. Ziyamuhamedova Sh. G‘afur G‘ulomning “Mening o‘g‘ri bolam” qissasi leksikasi va qissa asosida tuzilgan kichik konkordans-lug‘at haqidagi fikrlarim. [My comments on the lexicon of Gafur Ghulam’s story “My Thief Boy” and a small concordance-dictionary based on the story]. Societies and Innovations, 2020, no. 1. pp. 211–215.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2024-06-17

Qanday Iqtibos Keltirish

-LA + -SH VA -LASH AFFIKSLI SOʻZSHAKLLAR ORASIDAGI OMONIMIYA. (2024). YURISPRUDENSIYA, 4(4), 66-76. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/633