RAQAMLI BOZORDA USTUN (MONOPOL) MAVQENI SUIISTE’MOL QILISH MUAMMOLARI: XORIJIY TAJRIBA
Kalit so‘zlar:
raqamli iqtisod, raqamli bozor, ustun mavqe, ustun mavqeni suiiste’mol qilish, raqamli platforma, tarmoq effektiAnnotatsiya
Bugungi kunda ko‘plab davlatlar raqobat organlari oldida raqamli bozorlarni huquqiy jihatdan tartibga solishda mavjud normativ-huquqiy hujjatlar va huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish masalasi asosiy o‘rinda turibdi. Ushbu masalani hal qilishda dastavval, raqamli bozor tushunchasiga umumiy huquqiy ta’rif berish, uning an’anaviy tovar bozorlaridan farqi va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash lozim bo‘ladi. Raqamli bozorlarning tez sur’atlarda rivojlanishi bevosita unda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining xatti-harakatlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Raqamli bozorlarda asosan bir nechta yirik tadbirkorlik subyektlari o‘zlarining intellektual salohiyati, kuchli tarmoq effektlari va o‘rnini bosuvchisi bo‘lmagan tovar va xizmatlarga ega bo‘lganligi sababli boshqa raqobatchi subyektlarga nisbatan raqobat qonunchiligida taqiqlangan harakatlarni sodir etish holatlari kuzatiladi. Bularga shartnoma tuzishdan assosiz bosh tortish, bozorda monopol past narx o‘rnatish orqali raqobatchilarni siqib chiqarish, xaridorlarga raqamli tovar va xizmatlarni nol qiymatdagi narxlarda taqdim etish, shuningdek, o‘z xaridorlari bilan maxsus shartlar asosida shartnoma tuzish orqali ularni boshqa raqobatchilar bilan ishlashini cheklash kabilarni kiritish mumkin. Hozirda ko‘plab mamlakatlar raqobat to‘g‘risidagi qonunchiligiga raqamli bozor va raqamli bozorda ustun mavqeni suiiste’mol qilish kabi tushunchalar kiritilmoqda. Amaliyotda raqamli bozorda ustun mavqe tushunchasini aniqlash bir muncha murakkab jarayon hisoblanadi. Ushbu maqolada ilmiy adabiyotlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda raqamli bozor tushunchasi hamda raqamli bozorda ustun mavqeni suiiste’mol qilish muammolari tahlil qilinadi va tegishli xulosalar keltiriladi.
Iqtiboslar
1. Beliz V.S., Bolobonova M.O., Kon’kov K.A. [Problems and perspectives of determining the dominant position in the conditions of digital economy]. Problemy i perspektivy opredelenija dominirujushhego polozhenija v uslovijah cifrovoj jekonomiki, 2020, No 11. (In Russ.) Available at: https://vestnik.msal.ru/jour/article/view/1289.
2. Aleshin D.A., Artemev I.Y., Borzilo E.Y., Konkurentnoe pravo Rossii [Russian competition law]. Moscow, Vysshej shkoly jekonomiki Publ., 2012, 391 p.
3. Rozanova N.M. Konkurencija i monopolija v cifrovuju jepohu [Competition and Monopoly in a Digital Era]. Available at: https://ras.jes.su/ons/s086904990014000-2-1-en.
4. OECD. Abuse of Dominance in Digital Markets, 2020. Available at: file:///C:/Users/HP_110/Downloads/Telegram%20Desktop/GFC_Abuse-of-Dominance-in-Digital-Markets_2020-11-23_FINAL-1%20(2).pdf
5. OECD. Abuse of Dominance in Digital Markets, 2020. Available at: file:///C:/Users/HP_110/Downloads/Telegram%20Desktop/GFC_Abuse-of-Dominance-in-Digital-Markets_2020-11-23_FINAL-1%20(2).pdf
6. Egorova M. A. [The dominant position of an economic entity as a legal analogue of its market power]. Dominirujushhee polozhenie hozjajstvujushhego subekta kak pravovoj analog ego rynochnoj vlasti, 2016, no 1. (In Russ.) Available at: https://istina.msu.ru/publications/article/39713875/
7. Available at: https://regulation.gov.uz/oz/d/7903
8. OECD. Abuse of Dominance in Digital Markets, 2020. Available at: file:///C:/Users/HP_110/Downloads/Telegram%20Desktop/GFC_Abuse-of-Dominance-in-Digital-Markets_2020-11-23_FINAL-1%20(2).pdf
9. Beliz V.S., Bolobonova M.O., Kon’kov K.A. Problemy i perspektivy opredelenija dominirujushhego polozhenija v uslovijah cifrovoj jekonomiki [Problems and perspectives of determining the dominant position in the conditions of digital economy]. 2020, No 11. (In Russ.) Available at: https://vestnik.msal.ru/jour/article/view/1289.
10. ECC. Konkurentnoe (antimonopol’noe) regulirovanie na cifrovyh rynkah [Competitive (antimonopoly) regulation in digital markets]. Available at: http://www.eurasiancommission.org/ru/act/caa/cpol/konkurentpol/Documents/%D0%9E%D0%B1%D0%B7%D0%BE%D1%80.pdf
11. Act against Restraints of Competition. Available at: https://www.bundeskartellamt.de/SharedDocs/Publikation/EN/Others/GWB.html/.

