VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGIDA JINOYATCHI SHAXSINING UMUMIY TAVSIFI
Kalit so‘zlar:
voyaga yetmaganlar, jinoyatchilik, jinoyatchi shaxsi, tavsif, jinoyatchilik omillari, subyektiv omil, obyektiv omilAnnotatsiya
Ushbu maqolada voyaga yetmaganlarning jinoyatchiligida jinoyatchi shaxsi tadqiq etiladi. Bunda voyaga yetmagan jinoyatchining shaxsi, uning xususiyati, voyaga yetmagan jinoyatchi shaxsining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, voyaga yetmagan jinoyatchi shaxsining ma’lum qiyofasi ochib beriladi ushbu maqolada. Voyaga yetmaganlar ko‘plab sabablar va sharoitlarning o‘zaro aloqadorligi natijasida jinoyatlar sodir etadilar. Bular orasida voyaga yetmagan shaxsining o‘zi asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu shaxsni tavsiflovchi belgilarning xususiyatlari, aloqalar, munosabatlar o‘ziga xosligi, jumladan dunyoqarashlar, mayllar, e’tiqodlar, hayot maqsadlari va ulardan kutilayotgan natija, intellektual, hissiy va irodaviy xususiyatlar kabi ma’naviy-ruhiy sifatlar shunda namoyon bo‘ladiki, shaxsning jinoyat sodir etishini oldindan va aniq belgilab beruvchi odamlar va shaxs qirralari yo‘q. Voyaga yetmagan shaxsning g‘ayriijtimoiy xatti-harakatini keltirib chiqaradigan xususiyatlari, birinchidan, o‘z asosiga ko‘ra ijtimoiy o‘zlashtirilgan, ya’ni ma’lum bir turmush tarzi, axloqiy ta’sirlar, aloqalar va shu kabilarning natijasi, ikkinchidan, ular jinoyat sodir etishga o‘z-o‘zidan, avtomatik ravishda emas, balki muayyan vaziyatni tashqi va ichki sabablari hamda holatlari ta’sirida, har xil xatti-harakat variantlarini tanlash imkoniga ega voyaga yetmagan shaxsning ongi va irodasi ishtirokida sodir etilishiga olib keladi.
Yuklab Olishlar
Nashr qilingan
Son
Bo‘lim
Litsenziya

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 International License ostida litsenziyalangan.

