YAROQLI VA YAROQSIZ JINOYATGA SUIQASD QILISH

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

yaroqli suiqasd, yaroqsiz suiqasd, jinoyat huquqi, tamom boʻlmagan jinoyatlar, nisbiy imkonsiz suiqasd, mutlaqo imkonsiz suiqasd, jinoyatni kvalifikatsiya qilish, huquqni qoʻllash amaliyoti, jinoyatga suiqasd, jinoiy javobgarlik

Annotatsiya

Mazkur maqolada jinoyat huquqi nazariyasi va tugallanmagan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish amaliyotida muhim oʻrin tutadigan yaroqli suiqasd va yaroqsiz suiqasd tushunchalari oʻrganilgan. Muallif suiqasdning yaroqli suiqasd hamda yaroqsiz suiqasd turlarini farqlash imkonini beruvchi asosiy belgi va mezonlar, jumladan, jinoyat tugallanishi mumkin boʻlgan holatlarni tahlil qilgan. Shuningdek, mutlaqo imkonsiz (jinoyat obyekti yoki vositalarini notoʻgʻri tanlash sababli) va nisbiy imkonsiz (jinoyat vositalari yoki qurollaridagi xatolar tufayli) kabi suiqasd shakllarini ham koʻrib chiqqan. Maqolada suiqasdni kvalifikatsiya qilishning murakkab holatlarini aks ettiruvchi sud ishlaridan aniq misollar keltirilgan. Yaroqli suiqasd va yaroqsiz suiqasdning oʻziga xos belgilari, farqlarini bilish adolatli jazo tayinlash hamda harakatlarni toʻgʻri kvalifikatsiya qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani alohida taʼkidlangan. Shuningdek, maqolada mahalliy va xorijiy olimlarning ushbu huquqiy kategoriyalarga nisbatan yondashuvlari qiyosiy tahlil qilingan. Bu esa muallifga ushbu tushunchalarning turli huquqiy tizimlarda yagona va oʻziga xos jihatlarini umumlashtirishga imkon beradi. Mazkur tadqiqot ishi jinoiy ishlar bilan shugʻullanuvchi yuristlar va huquq sohasidagi tadqiqotchilar uchun amaliy ahamiyatga ega. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-01-29

Qanday Iqtibos Keltirish