NORMA IJODKORLIGINI AXBOROT BILAN TAʼMINLASH: HUQUQIY MUNOSABAT VA VOSITALAR TAHLILI

Mualliflar

Annotatsiya

Ushbu maqolada milliy norma ijodkorligini axborot bilan taʼminlashga doir huquqiy munosabatlar va vositalar tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi norma ijodkorligi huquqiy munosabatlari va vositalarini tadqiq etish orqali Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar, tavsiyalar va xulosalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot predmetini Oʻzbekiston Respublikasida norma ijodkorligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, huquqni qoʻllash amaliyoti, ilmiy-nazariy yondashuvlar hamda huquqiy kategoriyalar tashkil etadi. Tadqiqotda tarixiy, tizimli-tuzilmaviy, mantiqiy, induksiya, deduksiya, qiyosiy-huquqiy, ilmiy manbalarni kompleks tadqiq etish va statistik maʼlumotlar tahlili kabi usullardan foydalanilgan. Maqolaning ilmiy ahamiyati uning ilmiy-nazariy xulosalari, takliflari va tavsiyalarida namoyon boʻladi. Ushbu xulosalar norma ijodkorligi jarayonini axborot bilan taʼminlash samaradorligini oshirishga, normativ-huquqiy hujjatlarning tegishli normalarini sharhlashga, milliy qonunchilikni takomillashtirishga, davlat va huquq nazariyasi, norma ijodkorligi hamda yuridik texnika boʻyicha taʼlim berishga va mazkur sohalarni ilmiy-nazariy jihatdan boyitishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati norma ijodkorligini axborot bilan taʼminlash faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni hamda huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-01-29

Qanday Iqtibos Keltirish

NORMA IJODKORLIGINI AXBOROT BILAN TAʼMINLASH: HUQUQIY MUNOSABAT VA VOSITALAR TAHLILI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 5(1), 17-29. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/89