JINOYAT ISHINI SUDDА KO‘RISH UCHUN TАYYORLАSH BOSQICHIDА PROTSESSUАL XАTOLАRNI BАRTАRАF QILISH IMKONIYATLАRI
Kalit so‘zlar:
sud, sudning faoliyati, xatolarni bartaraf qilish, protsessual hujjat, qonuniylik, prokuror, oqilona muddat, dastlabki eshituvAnnotatsiya
Ushbu maqolada ishni sudga qadar yuritish bosqichida yo‘l qo‘yiladigan protsessual xatolarni sud muhokamasida bartaraf qilish bilan bog‘liq muammolar ilmiy jihatdan tahlil qilingan bo‘lib, jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayyorlash bosqichi ishni sudga qadar yuritish bosqichida yo‘l qo‘yilgan protsessual xatolarni bartaraf qilish nuqtayi nazaridan muhim bosqich hisoblanishi muhokama qilingan. Shuningdek, ishni sudga qadar yuritish bosqichida yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘z vaqtida bartaraf qilish muhim ahamiyatga egaligiga qaramasdan, xatolarni bartaraf qilishning protsessual tartibi qonunchilikda belgilanmagani, sudyaning mazkur bosqichda o‘z tashabbusi bilan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazish to‘g‘risida ajrim qabul qilishi va ishni prokurorga yuborish vakolatiga ega ekanligi, protsessual xatolarni o‘z vaqtida, ya’ni jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayyorlash bosqichida aniqlash va mazkur xatolarni bartaraf etish yuzasidan o‘zining vakolatlarini to‘liq amalga oshirishni suddan talab qilishi mumkinligi holatlari tahlil qilingan. Xususan, maqolada sud dastlabki eshituv bosqichining sud muhokamasi jarayonini yengillashtirishga, shaxsga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirishga, umuman, protsessual muddatning qisqarishi hisobiga ishni oqilona muddatlarda ko‘rib chiqilishiga ta’sir qilishi o‘rganilgan va ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shu bilan birga, mazkur bosqichda ishni prokurorga qaytarmasdan, aniqlangan xatoni bartaraf qilishning samarali protsessual mexanizmlarini joriy qilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalar berilgan.

