ZAMONAVIY KIBERKORRUPSIYA: TUSHUNCHASI, MUAMMOLARI VA MARKAZIY OSIYO HUDUDIDA UNGA QARSHI KURASHISH CHORALARI
Kalit so‘zlar:
kiberkorrupsiya, raqamli moliya, kiberxavfsizlik, huquqiy tartibga solish, kriptovalyutalar, raqamli aktivlar, transchegaraviy hamkorlik, Markaziy OsiyoAnnotatsiya
Ushbu tadqiqotda raqamli texnologiyalar korrupsion amaliyotlarni amalga oshirish vositasi sifatida qo‘llanadigan kiberkorrupsiya fenomeni Markaziy Osiyo mintaqasi kontekstida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi – kiberkorrupsiyaning mohiyatini tahlil qilish, uning asosiy ko‘rinishlarini aniqlash va ushbu tahdidga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning metodologik asosi kiberxavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi huquqiy mexanizmlarni kompleks tahlil qilish, xalqaro tajribaning qiyosiy oʻrganilishi va xalqaro tashkilotlar tavsiyalarini umumlashtirishni oʻz ichiga oladi. Olingan natijalar hududning kiberkorrupsiya oldida zaifligi ortib borayotganidan dalolat beradi, bu esa milliy huquqiy tizimlarning raqamli transformatsiya sharoitlariga yetarlicha moslashmaganligi, huquqni muhofaza qilish organlarining cheklangan resurslari va zaif mintaqaviy muvofiqlashtirilganligidandir. Taklif etilgan chora-tadbirlar qatoriga normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, institutsional mexanizmlarni rivojlantirish va kiberkorrupsiyaning oldini olish hamda unga barham berishda davlatlararo hamkorlikni kengaytirish kiradi. Ushbu tahlil Markaziy Osiyodagi raqamli xavfsizlik va oshkoralikni ta’minlash bo‘yicha kompleks siyosatni shakllantirishda muhim asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

