XUSUSIY HUQUQ FANI SOHASIDA ILMIY TADQIQOT ISHLARINING ILMIY-METODOLOGIK TAHLILI: MUAMMO VA YECHIMLAR
Kalit so‘zlar:
raqamli transformatsiya, xususiy huquq, fuqarolik muomalasi, ilmiy metodologiya, dissertatsion tadqiqot, qiyosiy-huquqiy tahlil, ilmiy yangilik, huquqiy munosabatlar, sud amaliyoti, raqamli huquq, sivilistika, ilmiy xulosa va tavsiyalarAnnotatsiya
Maqolada raqamli transformatsiyalashuv sharoitida xususiy huquqda ilmiy
tadqiqot ishlarini olib borishning metodologik muammolari va takomillashtirish yoʻnalishlari tahlil
qilingan. Raqamli reallik davrida fuqarolik-huquqiy tadqiqotlarning predmeti, mazmuni va uslubiy
yondashuvlariga qoʻyilayotgan talablar mavjudligiga qaramay, dissertatsion tadqiqotlarning nazariy
va amaliy asoslari yetarli darajada shakllanmagani mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Muallifning
aytishicha, ilmiy muomalaga kirib kelayotgan yangi tushuncha va kategoriyalarning nazariy
gnoseologik taʼrifi tadqiqot doirasida tugal sivilistik mazmun kasb etmaydi. Maqolada ilmiy yangilik,
xulosa va tavsiyalarni ifodalashdagi mavjud kamchiliklar koʻrsatilib, xususiy huquq fani sohasida ilmiy
tadqiqot ishlari ilmiy-metodologik tahlil qilingan va uning tadrijiy rivojlanishi haqida fikr yuritilgan.
Tadqiqotda huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlaridan foydalanilgan hamda qiyosiy-huquqiy
usul, tahlil, sintez, kuzatish, umumlashtirish, induksiya va deduksiya metodlari qoʻllangan. Xususiy
huquqni rivojlantirishning tarixiy va tadrijiy qonuniyatlari asosida ilgari fanga maʼlum boʻlmagan
yangi ishlanmalar yoki gipoteza (nazariya)ni fuqarolik muomalasida qoʻllashga oid yangi bilimlarni
shakllantirish zaruriyati vujudga kelayotgani asoslantirilgan. Xulosada zamonaviy texnologiyalardan
foydalangan holda ilmiy muloqot maydonchalarini shakllantirish, tadqiqotchilarni metodik
tayyorlashning yangi mexanizmlarini joriy etish kabi mualliflik takliflari ilgari surilgan.

