KONSTITUTSIYAVIY SUDLARDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA: IMKONIYATLAR VA XAVFLAR

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

“e-Court”, chatbot, “smart court”, ijtimoiy inklyuzivlik, videokonferensiya, inson omili, protsessual tenglik

Annotatsiya

Ushbu maqolada konstitutsiyaviy sud ish yurituvida raqamlashtirish jarayonining nazariy asoslari, xalqaro tajribasi va milliy huquqiy amaliyotdagi oʻrni tahlil qilinadi. Muallif raqamli texnologiyalar, xususan, “e-Court”, “smart court” tizimlari va chatbot xizmatlari orqali sudlov faoliyatining tezkorligi, shaffofligi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy shikoyat qilish huquqini samarali roʻyobga chiqarish imkoniyatlarini ochib beradi. Tadqiqotda raqamli transformatsiyaning sudlovdagi shaffoflik, tezkorlik va kirishuvchanlikni taʼminlashdagi oʻrni baholanadi. Xorijiy olimlarning qarashlari asosida raqamlashtirishning ijobiy va salbiy jihatlari – sudlovga kirishishdagi soddalik, lekin ayni paytda raqamli tafovut va protsessual noaniqlik kabi xavflar tahlil qilingan. Shu bilan birga, maqolada raqamli tafovut, protsessual tenglikka tahdid, inson omilining zaiflashuvi, texnologik ishonchsizlik, shaxsiy hayot daxlsizligining buzilishi kabi xavf va cheklovlar ham atroflicha yoritilgan. Turli davlatlar, jumladan, Indoneziya, Janubiy Koreya, Fransiya va Niderlandiya tajribasi asosida raqamli transformatsiya inson huquqlarini mustahkamlashi yoki, aksincha, ularni cheklab qoʻyishi mumkinligi koʻrsatilgan. Muallifning asosiy xulosasiga koʻra, konstitutsiyaviy sudlarda raqamlashtirish inson markazida tashkil etilishi va demokratik huquqiy davlat tamoyillariga mos keladigan ijtimoiy inklyuziv yondashuv asosida olib borilishi zarur.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-01

Qanday Iqtibos Keltirish

KONSTITUTSIYAVIY SUDLARDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA: IMKONIYATLAR VA XAVFLAR. (2026). YURISPRUDENSIYA, 5(4), 30-37. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/131