ADVOKATLAR KASBIY TAYYORGARLIGINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

advokat, advokatning kasbiy tayyorgarligi, advokat shaxsini shakllantirishda zaruriy bilim va koʻnikmalar, advokat maqomi, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun, advokat kasbiy nufuzi

Annotatsiya

Ushbu maqola mamlakatimizda advokatlar kasbiy tayyorgarligi institutini yanada takomillashtirish masalasiga bagʻishlangan boʻlib, unda bir qator ilmiy gʻoyalar ilgari suriladi. Xususan, taʼlim tizimi va taʼlim toʻgʻrisidagi qonunchilikda kasbiy tayyorgarlikning oʻrni hamda ahamiyati yoritib beriladi. Advokatlik faoliyatiga kirib kelayotgan mutaxassislarni oʻqitish va ularning bilimlarini doimiy ravishda oshirib borishning davlat ahamiyatiga molikligi taʼkidlanadi. Shuningdek, davlat va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib advokatlar kasbiy tayyorgarligining dolzarbligi tahlil qilinadi. Maqolada milliy va xorijiy olimlarning qarashlariga murojaat qilingan, ilmiy munozara yuritilgan va muallifning shaxsiy fikr hamda munosabati bayon etilgan. Advokatlar uchun kasbiy tayyorgarlikning zaruriy jihatlari tahlil qilinib, mazkur jarayonda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar bildiriladi. Shu bilan birga, sohani tartibga soluvchi respublika miqyosidagi normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha qonunchilikka oid takliflar ilgari suriladi. Advokatlar kasbiy tayyorgarligi bilan bogʻliq xalqaro standartlar va xorijiy tajriba oʻrganilib, ular mamlakatimiz qonunchiligi bilan qiyosiy tahlil qilinadi. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-01

Qanday Iqtibos Keltirish

ADVOKATLAR KASBIY TAYYORGARLIGINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 5(4), 121-27. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/140