OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT QONUNCHILIGIDA JAMIYATDAN AJRATISH BILAN BOGʻLIQ BOʻLMAGAN JINOIY JAZOLARNING RIVOJLANISH TARIXI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

jamiyatdan ajratish, jinoiy jazolar, jamiyat bilan bogʻliq jazolar, ijtimoiylashtirish, jinoyat qonunchiligi islohoti, ijtimoiy reabilitatsiya, insonparvar jazolar, alternativ jazo choralari, qonunchilik

Annotatsiya

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligida jamiyatdan ajratish bilan bogʻliq boʻlmagan jinoiy jazolarning tarixi va rivojlanishi tahlil qilingan. Unda Oʻzbekistonda jinoyat jazolarini modernizatsiyalash jarayoni, qonunchilikdagi oʻzgarishlar va jamiyatning ijtimoiy-huquqiy talablariga moslashish hamda xalqaro huquqiy standartlarga muvofiqlashtirishdagi davrlar toʻgʻrisida fikr yuritiladi. Jinoiy jazolarning samaradorligi, ularning inson huquqlari va erkinliklariga taʼsiri hamda ularning jamiyatdagi ijobiy oʻzgarishlarga qoʻshgan hissasi boʻyicha ham tahlillar olib boriladi. Shu bilan birga, jinoiy jazolar tizimining insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirilishi, jazolash maqsadlarining ijtimoiy reabilitatsiya va qayta ijtimoiylashtirishga yo‘naltirilishi muhimligi ta’kidlanadi. Maqolada, shuningdek, jinoyat qonunchiligida yangi metod va yondashuvlarni joriy etish orqali jazolarning samaradorligini oshirish, jinoyatchilik darajasini kamaytirish va jamiyat xavfsizligini ta’minlash zarurligi haqida fikrlar bildirilgan. Tadqiqot Oʻzbekistonda jinoyat qonunchiligi sohasidagi yangi yoʻnalishlar va ijtimoiy adolatni ta’minlashga oid muammolarni chuqur oʻrganishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, u mavjud qonunlarning samaradorligini oshirish, jazolash tizimining inson huquqlariga moslashuvi hamda jinoyatchilikning oldini olishdagi innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish uchun asos yaratadi. Tadqiqot natijalari mamlakatda adolatli va insonparvar jinoyat jazolari tizimini barpo etishga ko‘maklashadi, shuningdek, qonunchilikni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-01

Qanday Iqtibos Keltirish

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT QONUNCHILIGIDA JAMIYATDAN AJRATISH BILAN BOGʻLIQ BOʻLMAGAN JINOIY JAZOLARNING RIVOJLANISH TARIXI . (2026). YURISPRUDENSIYA, 5(4), 156-162. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/144