YANGI O‘ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING HUQUQIY JIHATLARI VA MUAMMOLARI
Kalit so‘zlar:
oziq-ovqat xavfsizligi, davlat siyosatining ustuvorligi, global muammolar, Barqaror rivojlanish maqsadlari, ekologik siyosat, agrar siyosat, aholi salomatligi va genofondi, davlat ekologik ekspertizasi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Oziq-ovqat xavfsizligi indeksiAnnotatsiya
Ushbu maqola Yangi Oʻzbekistonning shakllanishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning huquqiy jihatlari va muammolarini har tomonlama oʻrganishga bagʻishlangan. “Oziq-ovqat xavfsizligi” tushunchasi tahlil qilinib, uning mohiyati xalqaro standartlar va yondashuvlar nuqtayi nazaridan ochib berildi. Tadqiqot shuni koʻrsatadiki, oziq-ovqat xavfsizligi oʻziga xos sharoit va rivojlanish xususiyatlariga ega boʻlib, u miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari tizimi bilan belgilanadi. Aniqlanishicha, Yangi Oʻzbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash davlatning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib, milliy siyosatning ustuvor yo‘nalishi sifatida qaraladi va milliy manfaatlar sohasiga kiradi. Maqolada oziq-ovqat xavfsizligi zamonaviy global muammolardan biri ekanligi ta’kidlanadi. Unda oziq-ovqat xavfsizligi darajasi nafaqat muayyan hududning ekologik holatiga, balki davlatlarning atrof-muhit, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy siyosatiga ham bog‘liq ekani ko‘rsatilgan. Muhim jihatlardan biri shundaki, davlat o‘z aholisini ichki ishlab chiqarish hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari bilan bilan to‘liq ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘radi. Maqolada, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik normalari va amaliy chora-tadbirlar samaradorligi tahlil qilindi. Xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan statistik va tahliliy ma’lumotlar o‘rganilib, ular asosida Yangi Oʻzbekistonning oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi yutuqlari aniqlandi. Tadqiqot natijasida qonunchilikdagi tizimli kamchiliklar va bo‘shliqlar aniqlanib, ularni bartaraf etish zarurligi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, muallif “oziq-ovqat xavfsizligi” tushunchasining yangi ta’rifini taklif qilgan.

