DUNYODA NARKOBIZNESNING RIVOJLANISHI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

narkosiyosat, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, sintetik giyohvand moddalar, xalqaro narkotik nazorati, BMT, onlayn savdo, Yevropol, xalqaro xavfsizlik

Annotatsiya

Maqolada giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq zamonaviy xalqaro vaziyat dolzarb statistik maʼlumotlar asosida tahlil qilingan. Muallif global miqyosda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish boʻyicha amaldagi tizim samaradorligi nihoyatda past, degan xulosaga keladi va shundan kelib chiqqan holda sohadagi holatni yaxshilash uchun aniq takliflarini ilgari suradi. Narkosavdoning xalqaro miqyosda kengayishi va tobora koʻproq davlatlarning noqonuniy tashish yoʻllari global tarmogʻiga jalb qilinishi hozirgi vaqtda mamlakatlarga giyohvandlik moddalarini ishlab chiqaruvchilar hamda isteʼmolchilarni aniq farqlash imkonini bermayapti. Faqat turli qitʼalar kesimida giyohvandlik vositalarining tarqalish tendensiyasini kuzatish va ularni tahlil qilish mumkin. Jinoiy guruhlar oʻz taʼsir tarmoqlarini kengaytirish va xalqaro maqomga ega boʻlish uchun globallashuv imkoniyatlaridan foydalanmoqda. Globallashuv, shuningdek, global va mintaqaviy xavfsizlik institutlari tuzilmasini isloh qilish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Ushbu ishda giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq holat va narkobiznesning global koʻlamdagi holati koʻrib chiqildi. Muallif giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish allaqachon bir mamlakat doirasidan chiqib ketganini va faqat xalqaro hamjamiyat saʼy-harakatlarini birlashtirgandagina samarali boʻlishi mumkinligini taʼkidlaydi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-01

Qanday Iqtibos Keltirish