UY-JOY QURILISH SHARTNOMALARIDAN KELIB CHIQADIGAN FUQAROLIK SUD NIZOLARIDA ISBOTLASH JARAYONI VA DALILLARNING HUQUQIY AHAMIYATI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

uy-joy qurilishi, dalillar, isbotlash, fuqarolik protsessi, sud amaliyoti, dalillarni baholash

Annotatsiya

Maqola uy-joy qurilishiga oid shartnomalardan kelib chiqadigan fuqarolik nizolarida isbotlash jarayoni va dalillarning huquqiy ahamiyatini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Tadqiqot predmeti sifatida fuqarolik sud ishlarida qurilish shartnomalari bo‘yicha nizolarni hal qilishda qo‘llaniladigan isbotlash faoliyati va dalillarning sud-huquqiy mexanizmlardagi o‘rni belgilangan. Maqsad – ushbu nizolarni hal etishda dalillarning mazmuni va sud tomonidan ularni baholash vakolatining nazariy hamda amaliy asoslarini ochib berishdir. Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, uy-joy qurilishi bo‘yicha bitimlar keng tarqalgan bo‘lib, ulardan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda dalillarning to‘g‘ri qo‘llanishi adolatli sud qarorini ta’minlashning muhim omilidir. Tadqiqot metodologiyasi sifatida tahliliy va qiyosiy-huquqiy usullar, shuningdek, amaldagi sud qarorlari misolida empirik yondashuv qo‘llangan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, qurilish shartnomalariga oid nizolarda dalillarni to‘plash, taqdim etish va baholash mexanizmlarini takomillashtirish sud qarorlarining qonuniyligi va asoslanganligini oshiradi. Ushbu natijalar amaliyotda, xususan, sud organlari faoliyatida, shuningdek, qurilish shartnomalarini tuzishda ishtirok etuvchi tomonlar huquq va manfaatlarini samarali himoya qilishda qo‘llanilishi mumkin. Xulosada, uy-joy qurilishiga oid nizolarda dalillarni qo‘llashga doir protsessual normalarni izchil tatbiq etish huquqiy aniqlikni ta’minlash va odil sudlov tamoyillarini qaror toptirishga xizmat qilishi ilmiy asoslab berilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-01

Qanday Iqtibos Keltirish

UY-JOY QURILISH SHARTNOMALARIDAN KELIB CHIQADIGAN FUQAROLIK SUD NIZOLARIDA ISBOTLASH JARAYONI VA DALILLARNING HUQUQIY AHAMIYATI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 5(5), 84-93. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/158