AYB UCHUN JAVOBGARLIK PRINSIPI VA JINOYAT SUBYEKTI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

prinsip, ayb, aybdorlik, jinoyat subyekti, qasd, ehtiyotsizlik, motiv, maqsad, affekt

Annotatsiya

Mazkur maqolada jinoyat huquqidagi ayb uchun javobgarlik prinsipi hamda uning jinoyat subyekti bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil etilgan. Muallif Jinoyat kodeksining 9-moddasida ko‘zda tutilgan prinsipning nazariy va amaliy jihatlarini yoritib, aybning qasd va ehtiyotsizlik shakllari, shuningdek, motiv, maqsad va hissiy holatlar kabi qo‘shimcha belgilarning ahamiyatini ta’kidlagan. Maqolada aybning falsafiy va huquqiy mohiyati, aybdorlik tushunchasi bilan farqi, shuningdek, chet el huquq tizimlari, xususan, Germaniya jinoyat qonunchiligidagi yondashuvlar bilan qiyosiy tahlil o‘tkazilgan. Natijada jinoyat huquqida ayb subyektiv va obyektiv elementlar yig‘indisi sifatida qaralishi, jinoyat subyekti esa aybdorlikning asosiy tashuvchisi ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan. Muallif ayb uchun javobgarlik prinsipini shaxsning huquqiy, ijtimoiy va psixologik xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq holda jinoiy javobgarlikni belgilashda hal qiluvchi omil sifatida baholagan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-01

Qanday Iqtibos Keltirish

AYB UCHUN JAVOBGARLIK PRINSIPI VA JINOYAT SUBYEKTI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 5(5), 100-108. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/160