RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA DAVLATNING MOLIYAVIY FUNKSIYASI RIVOJINING AYRIM NAZARIY-HUQUQIY MASALALARI
Kalit so‘zlar:
davlat, funksiya, davlat funksiyasi, funksiyalarni tasniflash, davlatning moliyaviy funksiyasi, davlat funksiyalarini amalga oshirish shakllari, huquqiy shakl, tashkiliy (noqonuniy) shakl, davlatning moliyaviy funksiyalariga ta’sir qiluvchi omillarAnnotatsiya
Mazkur maqolada davlatning muhim funksiyalaridan biri bo‘lgan moliyaviy funksiya, uning mazmun-mohiyati hamda bugungi raqamlashtirish jarayonida ushbu funksiyaning amalga oshirilishida yuz berayotgan o‘zgarishlar tahlil qilingan. Shuningdek, moliya funksiyasiga globallashuv jarayoni ko‘rsatayotgan ta’sir va uni amalga oshirish shakllari yangi ilmiy manbalar, amaldagi qonunchilik hamda O‘zbekiston moliyaviy sohasidagi voqeliklar asosida o‘rganilgan. Ayni paytda muallif davlat funksiyalari va ularni tasniflash masalasida ilmiy adabiyot hamda ilmiy doktrinada mavjud plyuralizm holatini qayd etib, bu boradagi qarashlarni tahlil qilgan. Shuningdek, “davlat funksiyasi” va “davlatning moliyaviy funksiyasi” tushunchalariga nisbatan o‘z mualliflik yondashuvini ham bayon etgan.

