“BUDJET JARAYONI” TUSHUNCHASI, UNING XUSUSIYATLARI VA BOSQICHLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

budjet, budjet jarayoni, daromad, davlat budjeti, budjet bosqichlari, budjetni tasdiqlash, konsolidatsiyalashgan budjet, davlat boshqaruv organlari

Annotatsiya

Maqolada “budjet jarayoni” tushunchasi, uning mohiyati, xususiyatlari va bosqichlari tizimli tarzda tahlil qilinadi. Budjet jarayoni davlat moliyaviy boshqaruvi tizimida markaziy oʻrin tutishi, davlat resurslarini samarali taqsimlash va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda muhim rol oʻynashi taʼkidlanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlari sifatida uning qonuniyligi, rejalashtirilganligi, tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilishi koʻrsatib oʻtiladi. Maqolada budjet jarayonining asosiy bosqichlari – budjet rejalashtirish, ijro etish va nazorat qilish, shuningdek, budjetni tasdiqlash va konsolidatsiyalashgan budjetni shakllantirish jarayonlari batafsil yoritilgan. Shu bilan birga, davlat boshqaruv organlarining budjet jarayonidagi roli va funksiyalari tahlil qilinadi. Maqola nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy nuqtayi nazardan ham budjet jarayonini tushunishga koʻmak beradi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-01

Qanday Iqtibos Keltirish

“BUDJET JARAYONI” TUSHUNCHASI, UNING XUSUSIYATLARI VA BOSQICHLARI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 5(maxsus), 54-60. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/180