EKОLОGIYA SОHASIDA MAXSUS VAKОLATLI RESPUBLIKA IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARI FAОLIYATINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI: PRINSIPLARI VA METODLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

ekologiya, atrof-muhit, davlat boshqaruvi, respublika ijro etuvchi hokimiyat organi, prinsip, metod

Annotatsiya

Mazkur maqolada maxsus vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining ekologiya sohasidagi faoliyatining ilmiy-nazariy jihatlari tahlil qilingan. Xususan, mahalliy va xorijiy huquqshunos olimlarning fikrlari asosida sohada davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organlar faoliyatining asosiy prinsiplari, usullari hamda ularning oʻziga xos xususiyatlari yoritilgan. Davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ushbu sohadagi asosiy prinsiplariga nisbatan huquqshunos olimlar oʻrtasida yagona yondashuvning mavjud emasligi asoslantirilgan. Shuningdek, mavjud prinsiplarni umumhuquqiy va ekologiya sohasidagi davlat boshqaruviga xos boʻlgan prinsiplarga ajratish mumkinligi ko‘rsatib berilgan. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruviga xos boʻlgan prinsiplardan biri “ifloslantiruvchi toʻlaydi” prinsipining xarakterli xususiyati boʻlib, uning milliy qonunchiligimizda mustahkamlanishi bilan bogʻliq masalalar yoritilgan. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-01

Qanday Iqtibos Keltirish

EKОLОGIYA SОHASIDA MAXSUS VAKОLATLI RESPUBLIKA IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARI FAОLIYATINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI: PRINSIPLARI VA METODLARI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 5(maxsus), 71-77. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/182