O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY JAVOBGARLIGIGA OID HUQUQIY ASOSLARNI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada Hukumat javobgarligiga oid ilmiy-nazariy asoslar to‘g‘risida fikr yuritilib, huquqshunos olimlarning ushbu yo‘nalishdagi mulohaza va tadqiqot natijalari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada Hukumat javobgarligiga daxldor bo‘lgan xorijiy mamlakatlarning konstitutsiyaviy-huquqiy amaliyoti qiyosiy-huquqiy jihatdan o‘rganilib, tegishli xulosalar ilgari surilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati konstitutsiyaviy-huquqiy javobgarligiga oid konstitutsiyaviy-huquqiy asoslar tahlili natijasiga ko‘ra, ushbu asoslar mexanizmlarini yanada takomillashtirish yuzasidan nazariy va amaliy taklif hamda tavsiyalar ilgari surilgan. Vazirlar Mahkamasi jamiyat hayotida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, o‘zi ham ushbu munosabatlarning faol ishtirokchisi sifatida maydonga chiqsa-da, bu kabi munosabatlar Konstitutsiyada belgilangan hukumatning asosiy vakolatlari asosida amalga oshirilganligi sababli ham ularning baʼzilarini biz konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar sifatida baholashimiz mumkin. To‘g‘ri, hukumatning barcha faoliyat tartibi va uni amalga oshirish mexanizmlari Asosiy qonunda o‘z ifodasini topmagan. Biroq bu munosabatlarning eng asosiy va umumiy jihatlari aynan Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan. Hukumatning masʼuliyati va javobgarlik masalalari uning bu kabi munosabatlarda davlat hokimiyatining oliy organlari, jumladan, Prezident va Oliy Majlis bilan o‘zaro aloqadorlikda kechganligi tufayli uni biz bemalol konstitutsiyaviy-huquqiy munosabat hamda konstitutsiyaviy-huquqiy javobgarlik sifatida tushunamiz.
Iqtiboslar
1. Covello V., McCallum D.B., Pavlova M.T. Effective risk communication: the role and responsibility of government and nongovernment organizations. Springer Science, Business Media, 2012, vol. 4.
2. Cutler F. Government Responsibility and Electoral Accountability in Federations. Publius: The Journal of Federalism, 2004, Spring, vol. 34, iss. 2, pp. 19–38. DOI: 10.1093/oxfordjournals.pubjof.a005028/.
3. Cohen S. A strategic framework for devolving responsibility and functions from government to the private sector. Administration review, 2001, pp. 432–440.
4. Sheyan A.N. Institut pravitel`stvennoy otvetstvennosti v Rossii [Institute of Government Responsibility in Russia]. Abstract of PhD dissertation. Volgograd, 2007, pp. 8–9.
5. Kondrashev A.A. Teoriya konstitutsionno-pravovoy otvetstvennosti v Rossiyskoy Federatsii [The theory of constitutional and legal responsibility in the Russian Federation]. Abstract of Doctoral dissertation. Moscow, 2011, 12 p.
6. Yuridicheskaya entsiklopediya [Legal Encyclopedia]. Ed. B.N. Topornin. Moscow, 2001,
p. 153.
7. Nechkin A.V. Konstitutsionno-pravovoy status pravitel`stv stran sodruzhestva nezavisimykh gosudarstv (sravnitel`noye issledovaniye) [The constitutional and legal status of the governments of the Commonwealth of Independent States (comparative study)]. Abstract of PhD dissertation. Yekaterinburg, 2015, 16 p.
8. Chepus A. Parlamentskaya otvetstvennost` pravitel`stva: konstitutsionno-pravovoye i sravnitel`noye issledovaniye [Parliamentary Responsibility of the Government: Constitutional-Legal and Comparative Research]. Abstract of Doctoral dissertation. Penza, 2020, 34 p.
9. Turdiyev X. Parlament va hukumat munosabatlarining tashkiliy-huquqiy mexanizmini takomillashtirish masalalari [Issues of improving the organizational and legal mechanism of parliamentary and government relations]. Abstract of PhD dissertation. Tashkent, 2021, 15 p. Available at: https://www.akorda.kz/ru/official_documents/constitution/.
10. Divayeva G.Yu. Institut parlamentskogo kontrolya: konstitutsionno-pravovoy aspekt [Institute of Parliamentary Control: constitutional and legal aspect]. Abstract of PhD thesis. Kazan, 2004, p. 13.
11. Toporkova M.K. Konstitutsionno-pravovoy status chlenov Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii [Constitutional and legal status of members of the Government of the Russian Federation]. Abstract of PhD dissertation. Moscow, 2004, 24 p.
12. Hoschimkhanov A. Rechtliche Aspekte des Status und der Stellung des Premierministers im Ausland: Eine vergleichende rechtliche Analyse [Legal Aspects of the Prime Minister’s Status and Position Abroad: A Comparative Legal Analysis]. Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities, 2022, vol. 2, iss. 1.4, Legal sciences, pp. 113–118. ISSN 2749-0866 DOI: 10.5281/zenodo.6458119/. Available at: https://berlinstudies.de/index.php/berlinstudies/article/download/362/350/.
13. Constitution of the Republic of Lithuania. Available at: https://www.lrs.lt/home/Konstitucija/Konstitucija_RU.htm/.
14. Hoshimkhonov A.M. Mechanisms for ensuring the powers of the Cabinet of Ministers. Journal of Law Research, 2022, vol. 7, iss. 4, pp. 5–11. DOI: 10.5281/zenodo.6545054/. Available at: https://www.tadqiqot.uz/index.php/law/article/download/4572/4331/.
15. Strelnikov A.O. Responsibility of the Government to the Parliament in the Russian Federation under Constitutional Law. Actual Problems of Russian Law, 2018, no. (1), pp. 35–40. DOI: 10.17803/1994-1471.2018.86.1.035-040/.

