MARKAZIY OSIYO DAVLATLARIDA KODEKSLASHTIRISH JARAYONI: AYRIM NAZARIY-HUQUQIY MASALALAR

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

huquq, huquqiy tizim, romano-german huquq oilasi, anglo-sakson huquq oilasi, huquqiy tizimlar taʼsiri, normativ-huquqiy hujjat, qonunchilik, qonunchilikni tizimlashtirish, inkorporatsiya, konsolidatsiya, kodekslashtirish, kodeks.

Annotatsiya

Bugungi davrda shiddat bilan rivojlanayotgan  ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan koʻplab normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi kuzatilmoqda, natijada huquqni qoʻllash jarayonida muayyan qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bu esa, oʻz navbatida, qonunchilikni tizimlashtirishga boʻlgan ehtiyojning kuchayishiga olib keladi. Qonunchilikni tizimlashtirish maʼlum darajada obyektiv jarayon hisoblanadi. Uning inkorporatsiya, konsolidatsiya va kodifikatsiya kabi turlari mavjud boʻlib, ularning ichida kodekslashtirish alohida oʻrin tutadi. Maqolada bir qator olimlarning qonunchilikni tizimlashtirish masalasiga oid fikrlari keltirilgan va tahlil etilgan. Ayni paytda, muallifning fikricha, bugungi kunda milliy yuridik adabiyotlarda qonunchilikni tizimlashtirish va uning turlari, jumladan, kodekslashtirish hamda uning muhim shakli boʻlgan kodekslar haqidagi nazariy ishlanmalar kam realizatsiya qilinmoqda. Muallif maqolada Markaziy Osiyo mamlakatlari huquq tizimlaridagi kodekslashtirish jarayonini hamda uning umumiy va oʻziga xos jihatlarini aniq misollar yordamida tahlil etgan. Ushbu mamlakatlar huquq tizimi romano-german huquq oilasiga mansub boʻlib, mazkur jarayonda koʻplab umumiy jihatlar namoyon boʻladi. Bu umumiylik ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida, jumladan, sohalardagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan kodekslar tizimining oʻxshashligi va yaqinligi kabilarda koʻrinadi. Maqola yakunida tahlil etilgan mavzu yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirilgan. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-01-29

Qanday Iqtibos Keltirish

MARKAZIY OSIYO DAVLATLARIDA KODEKSLASHTIRISH JARAYONI: AYRIM NAZARIY-HUQUQIY MASALALAR. (2026). YURISPRUDENSIYA, 4(4), 11-18. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/46