HUQUQIY TA’SIR CHORASI SIFATIDA OTA-ONALIK HUQUQIDAN MAHRUM QILISH VA UNI CHEKLASHNING AYRIM JIHATLARI
Kalit so‘zlar:
ota-ona, bola, muhofaza, asos, huquq, xulq-atvor, chora, majburiyatAnnotatsiya
Oila muhitida ota-ona va farzand munosabatlarining oqilona nisbatini saqlash har bir jamiyat oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi. Bolaning komil inson bo‘lib kamol topishi oiladagi sog‘lom muhit, ota-ona va farzand munosabatlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligiga uzviy bog‘liq. Bu borada oila qonunchiligida belgilab qo‘yilgan bolaga nisbatan ota-onalik majburiyatlarining bajarilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday bo‘lsa-da, jamiyatda baʼzi oilalarda nosog‘lom muhit sababli ota-onalik majburiyatlari lozim darajada bajarilmayapti, ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlarga oid qonun normalariga rioya qilinmayapti. Bu esa oila huquqi sohasida muayyan javobgarlik choralarini keltirib chiqarmoqda. Shu sababli jamiyatda mavjud mazkur ijtimoiy salbiy holat olim va mutaxassislar tomonidan tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilib kelinadi. Maqolada ota-onalik huquqidan mahrum qilish, uni cheklash hamda ularning asoslari oila huquqiy taʼsir chorasi sifatida tadqiq qilingan. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish asoslari ota-onaning yoxud ulardan birining huquqqa xilof harakati yoki harakatsizligi bilan uyg‘un ekanligiga eʼtibor qaratilgan. Shu bilan birga, ota-onalik huquqidan mahrum qilish, uni cheklash ayni vaqtda bolani ota-onaning, oila muhitining salbiy taʼsirlaridan himoya qilish hamda muhofaza qilish, bolaning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash chorasi ekanligiga urg‘u berilgan.
Iqtiboslar
1. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajakni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz [We will build a great future together with our brave and noble people]. Tashkent, NMIU of Uzbekistan, 2017, p. 138.
2. Abdullayeva D.U. Oilada ota-ona va farzand munosabatlarining o‘ziga xosligi [Peculiarities of parent-child relationships in the family]. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). Proceedings of the International conference. Tashkent, 2021, p. 227.
3. Karpov M.V. O nekotorykh voprosakh primeneniya mer otvetstvennosti v semeyno-pravovykh otnosheniyakh [On some issues of the application of measures of responsibility in family law relations]. Family and housing law, 2013, no. 2, pp. 24–25.
4. Kholkhoyeva E.D. Lisheniye roditel’skikh prav [Deprivation of parental rights]. Child-friendly justice and restorative technologies. Proceedings of the V International scientific and practical conference dedicated to the 20th anniversary of the Buryat State University. Irkutsk – Ulan-Ude, 2015, September 22–25. Eds. E.L. Radnaeva, M.N. Sadovnikova. Ulan-Ude, Publishing house of the Buryat State University, 2016, p. 119.
5. Savchenko T.A. Lisheniye roditel’skikh prav [Deprivation of parental rights]. Krasnoyarsk, 2017, p. 8.
6. Reiersen E. Prava detey v Norvegii. Prava sootechestvennikov severnoy Yevropy [Children’s rights in Norway. The rights of compatriots of northern Europe]. Law Journal, 2016, no. 1, p. 13.
7. Sharaxmetova U.Sh. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish javobgarlik chorasi sifatida [Deprivation of parental rights as a measure of responsibility]. Journal of legal research, 2021, no. 7, p. 71.
8. Yodgorov X., Qosimov I., Salayev A. Oila va nikoh munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolar bo‘yicha sud amaliyoti [Court practice on disputes arising from family and marital relations]. Tashkent, 2017, p. 97.
9. O‘zbek tilining izohli lug‘ati [An explanatory dictionary of the Uzbek language]. Tashkent, National Encyclopedia of Uzbekistan State Scientific Publishing House, 2007, vol. 2, 522 p.
10. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga sharh [Commentary on the Constitution of
the Republic of Uzbekistan]. Resp. ed. A.A. Azizkhojayev. Tashkent, TSIL Publ., 2008, p. 250.
11. Yuridik atamalarning qomusiy lug‘ati [Glossary of legal terms]. Resp. ed. Kh.R. Rahmonkulov. Tashkent, Sharq Publ., 2003, p. 271.
12. Tarbiya: ota-onalar va murabbiylar uchun ensiklopediya [Education: an encyclopedia for parents and teachers]. Compiled by M.N. Aminov. Tashkent, Uzbekistan national encyclopedia State Scientific Publishing House, 2010, p. 3.
13. Yuldashev M.M. Ota-ona va bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari [Property rights and obligations of parents and children]. Available at: https://jizzax.uz/print:page,1,9593-ota-ona-va-bolalarning-mulkiy-uu-va-mazhburiyatlari.html/.
14. Inamdjanova G.S. Ota-onalar va bolalarning huquqlarini oila huquqiy himoya qilish muammolari [Problems of family legal protection of the rights of parents and children]. Abstract of PhD thesis. Tashkent, 2005, p. 3.
15. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya va uning Fakultativ protokollari. [The Convention on the Rights of the Child and its Optional Protocols]. Ed. A.Kh. Saidov. Tashkent, National Center of the Republic of Uzbekistan for Human Rights, 2009, p. 22.
16. Ijtimoiy himoya: atamalar izohli lug‘ati [Social protection: annotated dictionary of terms]. Compilers M.Kh. Saidov et al. Tashkent, Publishing house of the National Library of Uzbekistan named after Alisher Navoi, 2007, p. 266.
17. Pulatova Sh.A., Muradov A.Sh. Zo‘ravonlikdan jabrlanganlar huquqlarini himoya qilish va zo‘ravonlikning oldini olish [Protection of the rights of victims of violence and prevention of violence]. Tashkent, Baktria press, 2020, p. 10.

