ZАMON BILАN HАMNАFАS KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLАR: DOLZАRBLIGI, АHАMIYATI VА ISTIQBOLGА YO‘NАLTIRILGАNLIGI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

Konstitutsiya, konstitutsiyaviy islohotlar, inson qadrini ulug‘lash, ijtimoiy davlat, fuqarolar huquqlarining kafolatlari, referendum, konstitutsiyaviy-huquqiy mexanizmlar, xususiy mulk, demokratik qadriyatlar, qonunchilik tashabbusi, yuridik texnika

Annotatsiya

Maqola mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar tahlili va eʼlon qilingan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi referendumining siyosiy-huquqiy ahamiyatiga bag‘ishlangan. Unda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasining asosiy mazmun-mohiyati, muhim xususiyatlari va kiritilayotgan yangi konstitutsiyaviy qoidalar ilmiy talqin etilgan. Loyihaning bir qator moddalarini yanada mukammallashtirishga oid taklif hamda mulohazalar ilgari surilgan. Konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazish zaruriyatini asoslovchi dalillar keltirildi hamda Аsosiy qonunni yangilash zaminiga qo‘yilgan quyidagi g‘oyalar, yaʼni inson qadrini ulug‘lash; ahamiyati dunyo miqyosida eʼtirof etilayotgan xalqparvar adolatli ijtimoiy davlatni barpo etish, fuqarolarning daxlsizligi huquqi va qonuniy manfaatlarini taʼminlashning konstitutsiyaviy kafolatlarini kuchaytirish, odamlarning ish bilan taʼminlanganligi va mehnat qilishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, xususiy mulkning qonuniy muhofazasini kuchaytirish, oila institutining konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlash, fuqarolik jamiyati institutlari tashabbuskorligini rag‘batlantirish kabi normalar sharhlab berildi. Shuningdek, xalq hokimiyatchiligining real amal qilishi huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid masalalar ilmiy tahlil etildi. Bundan tashqari, fuqarolarning odil sudlov himoyasida bo‘lish, advokatura instituti xizmatidan foydalanish, shaxs aybsizligi prinsipining konstitutsiyaviy asoslarini yanada mukammallashtirish, parlament nufuzini oshirish, uning oldida hukumat va boshqa davlat organlari hisobdorligini oshirish, qonun ijodkorligi sifatini yaxshilashga taalluqli yangi qoidalarning muhimligi hamda ahamiyati qo‘shimcha dalillab berildi.

Iqtiboslar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan bayram tabrigi [Holiday greetings of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev to the people of Uzbekistan on the occasion of the 29th anniversary of the adoption of the Constitution of the Republic of Uzbekistan]. Available at: https://president.uz/uz/lists/view/4815

2. Kireyev V.V. Teoreticheskiye problemy reformirovaniya Konstitutsii RF [Theoretical problems of reforming the Constitution of the Russian Federation]. PhD thesis. Chelyabinsk, 2010.

3. Weiler J.H., Wind M. Introduction. European Constitutionalism Beyond the State. 2003.

4. West R. Constitutional Culture or Ordinary Politics: A Reply to Reva Siegel. Georgetown Law Faculty Publications and Other Works, 2006, p. 266. Available at: https://scholarship.law.georgetown. edu/facpub/266/.

5. Odilqoriyev X.T. Konstitutsiya va ijtimoiy davlatchilik [Constitution and social state]. Tashkent, Yuridik avlod Publ., 2022.

6. Shabo J.L. Konstitutsiya i konstitutsionalizm. Analiz ponyatiy [Constitution and constitutionalism. Concept Analysis]. Polis, 1998, no. 6.

7. Senat Konstitutsiya boʻyicha referendum oʻtkazishni maʼqulladi [The Senate approved holding a referendum on the Constitution]. Available at: https://yuz.uz/news/senat-konstitutsiya-boyicha-referendum-otkazishni-maqulladi

8. Konstitutsiya yangilanishiga qanday zarurat bor? [What is the need to update the Constitution?]. Available at: https://meningkonstitutsiyam.uz/uzc/news/konstitutsiyani-yangilashga-qanday-zarurat-bor

9. Telegram channel. Available at: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/28387

10. Amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilib, moddalar soni 155 taga oshmoqda [27 new articles have been added to the current Constitution, increasing the number of articles to 155]. Available at: https://xs.uz/uzkr/post/amaldagi-konstitutsiyaga-27-ta-yangi-modda-kiritilib-moddalar-soni-155-taga-oshmoqda

11. Tulteev I. Modernizatsiya konstitutsionnogo zakonodatelstva Uzbekistana: nekotorye itogi i perespektivy [Modernization of the constitutional legislation of Uzbekistan: some results and prospects]. Bulletin of TSUL, 2015, no. 3.

12. Bobrova N. A. Konstitutsionnny stroy i konstitutsionalizm v Rossii [Constitutional system and constitutionalism in Russia]. Moscow, 2003.

13. Shayo A. Samoogranicheniye vlasti [Self-limiting power]. Moscow, Yurist, 2001.

14. Strong responsibility and strong executive discipline an important factor of the effective activity of state authorities. Available at: https://antimon.gov.uz/uzb/shahsij-masuliyat-va-mustahkam-ijro-intizomi-davlatorganlari-samarali-faoliyatining-muhim-omili

15. Islomov Z.M. Konstitutsiya va huquq ustunligi [Constitution and rule of law]. Tashkent, 2013.

16. Mazzone J. The Creation of a Constitutional Culture. Tulsa Law Review, 2005, no. 40.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-18

Qanday Iqtibos Keltirish

ZАMON BILАN HАMNАFАS KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLАR: DOLZАRBLIGI, АHАMIYATI VА ISTIQBOLGА YO‘NАLTIRILGАNLIGI. (2026). YURISPRUDENSIYA, 3(2), 6-15. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/526