JINOYAT QONUNIDА INSONPАRVАRLIK PRINSIPI
Kalit so‘zlar:
jinoyat qonunchiligi, prinsiplar, insonparvarlik, jinoiy jazo, sud amaliyoti, odillik.Annotatsiya
Insonparvarlik prinsipi jinoyat qonunchiligidagi eng markaziy prinsiplardan biri bo‘lib, u jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan insonparvar munosabatda bo‘lishni kafolatlaydi. Jinoyat qonuni huquqbuzarlikning eng xavfli turi bo‘lgan jinoyatni sodir qilgan shaxslarga nisbatan majburlov choralarini qo‘llash masalalarini tartibga soladi. Bu jarayonda insonparvarlik muhim ahamiyat kasb etadi. Jinoyat qonunida insonparvarlik prinsipining mohiyati nima? U jinoyat qonuni muayyan normalarida qanday amalga amalga oshirilishi kerak? Jinoyat qonunchiligida insonparvarlik – bu jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan achinish yoki unga rahm-shafqat qilish emas, balki shaxs, jamiyat va davlatni qo‘riqlash orqali uning rivojlanishi va xavfsiz mavjud bo‘lishini taʼminlashda ifodalanishi kerak. Jinoiy jazo shaxsdan u biror-bir normada belgilangan taqiqlarni buzganligi uchun o‘ch olish emas. Bu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 42-moddasida belgilangan uch maqsad, yaʼni mahkumni axloqan tuzatish, jinoiy faoliyatni davom ettirishga to‘sqinlik qilish, yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga erishish uchun qo‘llaniladigan kompleks chora-tadbirlardir. Muallif fikricha, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida insonparvarlik prinsipi mazmuni to‘liq ochib berilmagan bo‘lib, u asosan jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan munosabatni tartibga solish bilan cheklanib qolgan. Muallif, xorijiy davlatlar qonunchiligini tahlil qilgan holda insonparvarlik prinsipi nafaqat jinoyat sodir qilgan shaxs, balki shaxs, jamiyat va davlat manfatlarini himoya qilish masalalarini ham qamrab olishi kerak, deb hisoblaydi. Maqolada sud amaliyoti materiallari, surishtiruvchilar, tergovchilar va sudyalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalaridan kelib chiqan holda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida insonparvarlik prinsipining aks ettirilishini takomillashtirishga oid takliflar ilgari surilgan.
Iqtiboslar
1. International Covenant on Civil and Political Rights. Available at: https://actforequal.org/library/universal-hujjatlar/hujjatlar/fuqarolik-va-siyosiy-huquqlar-togrisidagi-xalqaro-pakt/?lang=uz
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi [Address of the President of the Republic of Uzbekistan Sh. Mirziyoyev to the Oliy Majlis]. Available at: https://uza.uz/ru/posts/poslanie-prezidenta-respubliki-uzbekistan-shavkata-mirziyeevas-28-12-2018
3. Rustambaev M.X., Tuxtasheva U.А. Sudebno-pravovaya reforma v Respublike Uzbekistan: popytka osmysleniya [Judicial and legal reform in the Republic of Uzbekistan: an attempt to comprehend]. Tashkent, TSUL Publ., 2010.
4. Аbdurasulova Q.R., Salaev N.S., Karaketova D.Yu. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarni dekriminalizatsiya qilish muammolari [Problems of decriminalization of crimes in the field of economy]. Tashkent, TSUL Publ., 2014.
5. Yakubov А.S. Pravovaya osnova ucheniya o prestuplenii: predposylki, realnost, perspektivy [Legal basis of the doctrine of crime: background, reality, prospects]. Doctor’s degree dissertation. Tashkent, 1996.
6. Kabulov R., Narbutaev E. Ugolovnaya politika i yee realizatsiya v deyatelnosti organov vnutrennikh del [Criminal policy and its implementation in the activities of internal affairs bodies]. Tashkent, Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan, 2006.
7. Beyleveld H.B. Understanding Justice: An Introduction to Ideas, Perspectives and Controversies in Modern Penal Theory. Buckingham, England: Open University Press., 1996, p. 23.
8. Model Criminal Code for the member states of the Commonwealth of Independent States. Available at: https://www.icrc.org/ru/doc/assets/files/other/crim.pdf
9. Criminal Code of the Russian Federation. Available at: http://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_10699/
10. Criminal Code of the Republic of Belarus. Available at: https://kodeksy-by.com/ugolovnyj_kodeks_rb.htm
11. Criminal Code of the Republic of Armenia. Available at: http://www.parliament.am/legislation.php?...&lang=rus&sel=show
12. Criminal Code of the Republic of Azerbaijan. Available at: https://continent-online.com/Document/?doc_id=30420353
13. Criminal Code of the Kyrgyz Republic. Available at: http://cbd.minjust.gov.kg/act/view/ru-ru/112309
14. Criminal Code of Turkmenistan. Available at: http://www.untuk.org/publications/legislation/ug_kod/rz_01.htm#st003
15. Criminal Code of the Republic of Tajikistan. Available at: http://ncz.tj/content/%D1%83...B0%D0%BD
16. Criminal Code of the Republic of Moldova. Available at: https://www.legis.md/cautare/getResults?doc_id=125325&lang=ru
17. Verdict of the Vobkent District Court on criminal cases dated October 31, 2022 on criminal case No. 1-2005-2201/154. Available at: https://public.sud.uz/report/CRIMINAL
18. About 2 thousand deaths in 10 months. Accident statistics were published in Uzbekistan Available at: https://kun.uz/news/2021/11/13/10-oyda-salkam-2-ming-kishi-yol-transport-hodisalariga-doir-statistik-malumot-elon-qilindi
19. Maltsev V.V. Printsipy ugolovnogo prava [Principles of criminal law]. Volgograd, 2001, 266 p.

