QADIMGI SHARQDA INSON VA FUQAROLARNING TADBIRKORLIK BILAN SHUGʻULLANISH HUQUQINI TAʼMINLASHNING HUQUQIY ASOSLARI
Kalit so‘zlar:
Qadimgi Sharq, inson, fuqarolarning tadbirkorlik huquqi, tadbirkorlik bilan shugʻullanish huquqi, mulk huquqi, “Avesto”, “Hammurapi qonunlari”, “Manu qonunlari”, tadbirkorlikning turlari, tadbirkorlikning huquqiy asoslariAnnotatsiya
Maqolada Qadimgi Sharqda inson va fuqarolarning tadbirkorlik bilan shugʻullanish huquqini taʼminlashning huquqiy kafolatlari, uni amalga oshirish uchun belgilangan tartib-qoidalar va ushbu huquqni taʼminlashning huquqiy normalari yoritilishi, insonlarning mulk huquqini taʼminlashning huquqiy asoslari tahlil qilingan. Sharq xalqlarining tarixiy-huquqiy yodgorliklari boʻlmish “Hammurapi qonunlari”, zardushtiylikning “Avesto” kitobi hamda hind xalqi merosi hisoblangan “Manu qonunlari”da ushbu huquq taʼminlanishining kafolatlari yoritilgan. Maqolaning asosiy eʼtiborga molik jihati shundan iboratki, Qadimgi Sharqda inson va fuqarolarning mulk huquqi taʼminlanishi, muhofaza qilinishi bilan bogʻliq qoidalar oʻrganib chiqilgan. Insonlarning mulk huquqi buzilgan taqdirda, belgilanadigan jazo choralari va boshqa chora-tadbirlarning tartibi haqida batafsil maʼlumotlar berilgan. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqining tarixiy-gʻoyaviy jihatdan shakllanishi, tarixiy-huquqiy hujjatlarda undan alohida norma sifatida foydalanish, tadbirkorlikning qadimda mavjud boʻlgan asosiy turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qiyosiy tahlil qilingan. Inson va fuqarolarning tadbirkorlik bilan shugʻullanish huquqi taʼminlanishining jamiyat farovonligi va iqtisodiy hayotiga ijobiy taʼsiri masalalari oʻrganilgan. Ushbu sohada amalga oshirilishi lozim boʻlgan ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy yoʻnalishlari haqida takliflar berilgan.
Iqtiboslar
1. Lauren PG. The Evolution of International Human Rights: Visions Seen. Pennsylvania, University of Pennsylvania Press, 2011, p. 165.
2. Vincent G.E. The Laws of Hammurabi. The University of Chicago Press. American Journal of Sociology , 1904, may, vol. 9, no. 6, p. 753.
3. Mahadevaswamy N. The Code Of Hammurabi – Perhaps The First Law Code. Journal of Emerging Technologies and Innovative Research, November 2018, volume 5, issue 11, p. 311.
4. L.W. King, The Code of Hammurabi Transl. L. W. King, with commentary from Ch.F. Horne, Ph.D. (1915) and The Eleventh Edition of the Encyclopedia Britannica, 1910- by the Rev. C. Hermann ,W. Johns, M.A. Litt.D. Lillian Goldman Law Library, 2008.
5. Nagarajan K.V. The Code of Hammurabi: an Economic Interpretation. International Journal of Business and Social Science, may 2011, vol. 2, no. 8, p. 111.
6. VLĂDUğ-SEVERIAN IACOB, ROXANA MIRONESCU. Meanings of small business and its Management. Journal of Engineering Studies and Research, 2013, volume 19, no. 4.
7. Axmedov N. Tadbirkorlikning faoliyat turi sifatida institutsionallashuvining nazariy metodologik asoslari [Theoretical and methodological foundations of the institutionalization of entrepreneurship as a type of activity]. Jamiyat va innovatsiyalar jurnali – Journal of Society and Innovation, 2022, issue 3, no. 1.
8. Abdullayev B.N. Zardushtiylik dini tarixiy-ijtimoiy asoslarining Avesto gohlarida ifodalanishi [Representation of historical and social foundations of Zoroastrian religion in Avesta]. PhD thesis. Tashkent, 2022.
9. Avesto: Yasht kitobi. Mirsodiq Isʼhoqov tarjimasi [Avesta: Book of Yasht]. Translation by Mirsadiq Is’hakov. Tashkent, Sharq Publ., 2001.
10. Avesto. Insoniyat tafakkuri javohirlari. [Avesta. Jewels of Human Thought]. Translated by Narzulla Jorayev. Tashkent, Taʼlim Publ., 2021.
11. Turgunov M.T. Avestoda inson huquqlarini oʻrganishning metodologik muammolari [Methodological problems of studying human rights in Avesta]. PhD thesis, Tashkent, 2021.
12. Xoliqov H. Avesto fayzlari [Avesta interest]. Tashkent, People’s heritage Publishing house named after Abdulla Kadiriy, 2001.
13. Boboyev H., Hasanov S. “Avesto” maʼnaviyatimiz sarchashmasi [“Avesta” is a reflection of our spirituality]. Tashkent, Adolat Publ., 2001.
14. Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik. [Avesta. Historical and literary monument]. Translation by Askar Mahkam. Sharq Publ., 2001.
15. Patrick Olivelle. Manu's Code of Law, Ed. and Transl. of the Mänava-Dharmasästra. Ed. assistance of S. Olivelle. Oxford University Press, Inc., 2005.

