BANK TIZIMINI TASHKIL ETISH BOʻYICHA AYRIM XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI: QIYOSIY-HUQUQIY TAHLIL

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

bank tizimi, bank faoliyati maqsadi, Markaziy bank, bank faoliyati prinsiplari, bank ishi, bank vazifalari, bank turlari, bank filiali.

Annotatsiya

Mazkur maqolada moliya tizimi tarkibi sifatida bank tizimi, turlari, bank prinsiplari va vazifalari tahlil qilingan. Ushbu tadqiqotdan maqsad ilmiy oʻrganish natijasida bank tizimini takomillashtirishga qaratilgan taklif va xulosalar ishlab chiqishdan iborat. Banklar moliya tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Moliya tizimi moliyaviy munosabatlarni bank-kredit siyosati va qonunchiligi asosida tartibga soladi. Banklar moliyaning alohida tizimi sifatida faoliyat yuritadi, xususan, birinchi boʻgʻinda tijoratchi banklar hamda nobank tashkilotlari, ikkinchi boʻgʻinda mazkur tashkilotlarni nazorat qiladigan Markaziy bank namoyon boʻladi. Markaziy bank, tijorat banklari, shuʼba, chet el ishtirokidagi va chet el banklari yagona bir tizimni tashkil qiladi. Bank tizimi oʻzaro nazorat, boʻysunish va yagona tashkiliy tuzilmani anglatadi. Shu sababli banklar tizimi doirasini aniq belgilash muhim hisoblanadi. Maqolada mazkur masalalarni milliy va xorijiy davlatlar qonunchiligini qiyosiy tahlil qilish, tarixiy-huquqiy, tizimli, mantiqiy, statistik hamda boshqa usullar yordamida oʻrganish orqali milliy qonunchilikda bank tizimi, prinsiplari tushunchasi ishlab chiqilgan, shuningdek, bank qonunchiligiga doir takliflar berilgan. Mazkur takliflar ilmiy faoliyatda, qonun ijodkorligida, qonunni qoʼllash amaliyotida, bank qonunchiligi normalarini sharhlashda, milliy qonunchilikni takomillashtirishda qo‘llanadi. Tijorat banklarining maqsadi daromad olishga qaratilgan boʻlib, ular shu maqsadda ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasini  kreditlaydi hamda moliyalashtiradi. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-01-29

Qanday Iqtibos Keltirish

BANK TIZIMINI TASHKIL ETISH BOʻYICHA AYRIM XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI: QIYOSIY-HUQUQIY TAHLIL. (2026). YURISPRUDENSIYA, 4(4), 56-69. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/57