AYRIM XORIJIY DAVLATLAR VA O‘ZBEKISTONDA MEDIATSIYANING QIYOSIY TAHLILI: AYRIM SAVOL VA TAKLIFLAR
Kalit so‘zlar:
mediatsiya, nizolarni hal etishning muqobil usullari, mediator, mediativ kelishuv, sud ichki mediatsiyasi, sudya-mediator, notarial mediatsiya, ijro yozuvi, ijro hujjatiAnnotatsiya
Maqolada nizolarni hal etishning muqobil usuli va huquqiy madaniyatni takomillashtirish vositasi sifatida mediatsiya instituti o‘rganilgan. Nizolarni sudgacha hal etish mexanizmi, ya’ni nizo taraflarini mediator ishtirokida yarashtirishni belgilovchi mediatsiya uzoq vaqtdan beri rivojlangan xorijiy mamlakatlar amaliyotida qo‘llaniladi va nizoni muqobil hal etishning samarali usullaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Shu munosabat bilan maqolada ushbu tartib-taomilni Singapur, Germaniya, Belarus, Gruziya kabi xorijiy mamlakatlar va O‘zbekiston amaliyotida qo‘llashning qiyosiy tahlili, shuningdek, ularning bu boradagi tajribasi, mediatsiyaning afzalliklari va kamchiliklari keltirilgan. Bundan tashqari, maqolada O‘zbekiston Respublikasining mediatsiya to‘g‘risidagi amaldagi qonunchiligi, uning qo‘llanilishi va samaradorligi, mediatsiya institutining bugungi kundagi holati o‘rganilgan. Mediatsiya tartib-taomilini qo‘llashni takomillashtirish bilan bog‘liq muammolar va ularni hal etish yo‘llari, masalan, taraflar o‘rtasida mediativ kelishuv ijrosi ta’minlanmayotganligi, sudya-mediator ishtirokida professional asosda sud ichki mediatsiyasi tartib-taomili, shuningdek, notarial mediatsiyani amalga oshirishda taraflar o‘rtasida mediativ kelishuvga erishilganda, uning majburiy ijro etish imkoniyati uchun notarius ijro xati yozilishini joriy etish bo‘yicha takliflar berilgan.
Iqtiboslar
1. Mediation Act 2017 Republic of Singapore. Available at: https://sso.agc.gov.sg/Act/MA2017/
2. Ismailova R. Obzor praktiki vnedreniya mediatsii v 5 vedushhikh stranakh po al’ternativnym metotodam razresheniya sporov po reytingu [Overview of Mediation Implementation Practices in Top 5 APDC Countries by Rating]. Doing Business, Tashkent, 2020, pp. 10–14.
3. Code of Civil Procedure of Germany. 2005, December 5. Transl. S. Translations GmbH, Dr. Carmen von Schoening.
4. Law of the Republic of Belarus “On mediation”. 2003, July 12, No. 58-Z. Available at: https://www.mediacia.by/zakon-respubliki-belarus-o-mediacii/
5. Civil Procedural Code of Georgia. 1997, November 14, No. 1106-Is. Available at: https://matsne.gov.ge/ru/document/download/29962/92/ru/pdf/
6. Law of Georgia “On Notaries”. 2009, December 4, No. 2283-IIs. Available at: https://matsne.gov.ge/ru/document/download/90928/11/ru/pdf/
7. Law of Georgia “On Enforcement Proceedings. Available at: https://matsne.gov.ge/ru/document/download/pdf/
8. Maripova S. Pravovoye regulirovaniye i perspektivy razvitiya semeynoy mediatsii [Legal regulation and development prospects of family mediation]. 2019, October 2. Available at: https://uza.uz/ru/posts/pravovoe-regulirovanie-i-perspektivy-razvitiya-semeynoy-medi-02-10-2019
9. Otakhonov F.Kh. Legal basis and prospects for the development of mediation in Uzbekistan. Justice, 2019, no. 6, pp. 98–104.
10. Otakhonov F.Kh. Mediation – the pros and cons of mediation. International Commercial Arbitration in the Context of Judicial and Legal Reform. Proceedings of International Scientific and Practical Conferences. 2009, October 28. Tashkent. Chashma Print Publ., 2010, p. 254.
11. Masadikov Sh. Praktika ispol’zovaniya mediatsii kak al’ternativnoy formy razresheniya sporov v zarubezhnykh stranakh [The practice of using mediation as an alternative form of dispute resolution in foreign countries]. Review of the Legislation of Uzbekistan, Tashkent, 2005, no. 1-2, pp. 90–95.
12. Zdrok O.N. Conciliatory procedures in the civil process: a modern theoretical concept. Minsk, 2013, pp. 12, 18, 19, 65.
13. Kalashnikova S.I. Mediatsiya v sfere grazhdanskoy yurisdiktsii [Media in the sphere of civil jurisdiction]. PhD thesis. Ekaterinburg, 2010, 165 p.
14. Nosyreva E.I. Al’ternativnoye razresheniye grazhdansko-pravovykh sporov v SShA [Alternative resolution of civil disputes in the United States]. PhD thesis. Voronezh, 2001, p. 65.
15. Dobrolyubova E.A. Mediatsiya kak metod vnesudebnogo razresheniya sporov [Mediatsia as
a method of out-of-court dispute resolution]. PhD thesis. Moscow, 2012, 219 p.

