KORXONALARNI INVESTITSION RIVOJLANTIRISHDA KORPORATIV BOSHQARUVNING ROLI: SHVETSIYA MISOLIDA
Kalit so‘zlar:
korporativ boshqaruv, korporativ boshqaruv organlari, korporativ madaniyat, samaradorlikni baholash, investitsion loyihalar, korporativ firibgarlik riskiAnnotatsiya
Samarali korporativ boshqaruv korxonaning muvaffaqiyatli faoliyatining muhim sharti hisoblanadi. Shuningdek, barqaror rivojlanishni aniqlovchi, aksiyadorlar, mijozlar va boshqa aloqador shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi, korxonaning moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish sohasidagi eng muhim yo‘nalishdir. Korporativ boshqaruvning oilaviy modeli yoki oilaviy kapitalizm hamda oilaviy biznes guruhlari dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida keng tarqalgan. Jumladan, Osiyo va Lotin Amerikasi davlatlari, Kanada, shuningdek, Yevropa mamlakatlarida (Shvetsiya, Italiya va Fransiya) amal qiladi. Bunda yirik korporatsiyalar bir oila a’zolari tomonidan boshqarib boriladi. Mazkur maqolada xorij amaliyotida, xususan, Shvetsiyada korporativ boshqaruv tizimining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan bo‘lib, unda korporativ boshqaruv nazariyalari va asosiy tamoyillari evolyutsiyasi, korporativ boshqaruvning korxonalarni investitsion ta’minlashdagi o‘rni, uning zamonaviy uslublari va modellari, institutsional asoslari kabi masalalar nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Shu bilan birga, Shvetsiyada korporativ boshqaruv organlari va ularning ijro etuvchi organ bilan o‘zaro ta’siri, nazorat organlarining vazifalari va funksiyalari, korporativ madaniyat, korxonalarga jalb qilingan investitsiyalarning shaffofligi va korporativ boshqaruv samaradorligini baholash, korporativ firibgarlik riskining oldini olish hamda unga qarshi kurashish jarayonining asosiy bosqichlari tahlil qilingan.
Iqtiboslar
1. Tricker B. Korporativnoye upravleniye: printsipy, politika i parktika [Corporate Governance: Principles, Policies and Practices]. Oxford University Press, 2015.
2. Khessel M. Korporativnoye uparvleniye [Corporate Governance]. Moscow, 1996.
3. Zaynutdinov Sh.N. Korporativ boshqaruv asoslari [Basics of corporate management]. Tashkent, 2006, 47 p.
4. Azimova D.M. Aktualnyye tendentsii razvitiya upravleniya personalom v nyneshnykh realiyakh [Current trends in the development of personnel management in the current realities]. Society and Innovation, 2023, p. 353.
5. Ashurov Z.A., Jalilov F.A., Urinov B.N. Zamonaviy korporativ boshqaruv (xorijiy tajriba) [Modern corporate management (foreign experience)]. Tashkent, Iqtisodiyot Publ., 2021, 195 p.
6. Suyunov D. Korporativ boshqaruv mexanizmi: muammo va yechimlar [Mechanism of corporate governance: problems and solutions]. Tashkent, Moliya Publ., 2008, 204 p.
7. Bocharov V.V. Korporativnyye finansy [Corporate Finance]. St. Petersburg, 2017, 272 p.
8. Xodiyev B.Y. Korporativ boshqarish [Corporate management]. Tashkent, Iqtisodiyot Publ., 2010, 257 p.
9. Swedish Corporate Governance Code. 2020, January1.
10. Daum J.H. How corporate governance changed from 1986 to 2010. Bloomberg Business Week, 2010.
11. Breadly R.A., Vyers S.C., Allen F. Principles of Corporate Finance, 11th Global Ed. 134 p.
12. Dementyeva A.G. Modeli korporativnogo upravleniya: opyt zarubezhnykh stran i Rossii [Corporate Governance Models: Experience of Foreign Countries and Russia]. Law and Administration, XXI Century, 2008, no. 8.
13. Ashurov D. Reforming corporate governance in Uzbekistan in line with the global principles. SAARJ, Journal on Banking & Insurance Research, 2017, no. 6 (1), pp. 44–55.
14. Gulyamov S.S. Zadachi sovershenstvovaniya sistemnogo korporativnogo upravleniya v Uzbekistane [Tasks of improving systemic corporate governance in Uzbekistan]. Corporate governance in Uzbekistan. Proceedings of the scientific-practical conference. Tashkent, 2004, pp. 143–145.
15. Urinov B.N., Kenjayeva U.F. Korporativ boshqaruvning ilgʻor amaliyoti va modellari [Advanced practices and models of corporate governance]. Economy and Education, Tashkent, 2022, no. 3.

