JinoyatchilikKA QARShI KURAShIShNING Buyuk Britaniya modeliga xos xususiyatlar
Kalit so‘zlar:
jinoyatchilik, jinoyatchilikka qarshi kurashish, Buyuk Britaniya modeli, jazo, jinoyatlar statistikasi, politsiyaAnnotatsiya
Maqolada muallif Buyuk Britaniyadagi jinoyatchilikka qarshi kurashishning o‘ziga xos jihatlarini ochib berishni maqsad qilgan. Xususan, jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimining alohida elementlari hisoblangan jinoiy siyosatda tayaniladigan doktrinal-kriminologik yondashuvlar, jinoyatchilikka qarshi qonunchilik hamda huquqni muhofaza qilish amaliyotining e’tiborga molik alohida xususiyatlariga urg‘u berilgan. Ma’lumki, Britaniyaning jinoyatchilikka qarshi kurashish modeli undagi anglo-sakson huquq tizimi hamda anglo-amerika kriminologik maktablari ta’sirida shakllangan. Jinoyatchilikka qarshi doktrinal-kriminologik yondashuvlar asosini ma’muriy-klassik va sotsiologik nazariyalar tashkil etib, jinoyatchilikka qarshi kurashish siyosatida vaqti-vaqti bilan jinoiy-huquqiy (qattiqlashuv) yoki ijtimoiy-liberallashuv choralar ustuvorligi (yumshoqlashuv)ga yo‘nalganlik kuzatiladi. Britaniya kodifikatsiyalashgan qonunchilik tizimiga ega bo‘lmagani bois u yerda jinoyatchilikka qarshi kurashish siyosatini shakllantirishda o‘rta muddatli (3–5 yillik) strategik konsepsiyalarga asoslaniladi. Mazkur davlatda jinoyatchilik yuqori darajada o‘sib borish tendensiyasiga ega bo‘lsa-da, uning aniq statistik hisobini yuritish imkoniyati yo‘qotilganligini ko‘rish mumkin. Ayni vaqtda jinoyatchilikni aniqlashdagi mazkur bo‘shliq Britaniya politsiyasi tomonidan latent jinoyatchilikni o‘rganish amaliyoti tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilganligi bilan bartaraf etilayotganligi ham ma’lum bo‘ladi. Britaniyaning jinoyatchilikning oldini olish amaliyoti qator jamoat tashkilotlari ishtirokidagi situativ va viktimologik choralarni o‘z ichiga olganligi bilan e’tiborli hisoblanadi.
Iqtiboslar
1. Vedernikova O.N. Teoriya i praktika bor’by s prestupnost’yu: Britanskaya kriminologicheskaya model’ [Theory and practice of fighting crime: The British Criminological model]. Abstract of PhD thesis. Moscow, 2003, p. 367.
2. Downes D. Law and Order: Theft of an Issue. London, 1983, p. 1.
3. Romanov A.K. Pravovaya sistema Anglii [Legal System of England: Study Guide]. Moscow, 2000, pp. 79–85.
4. Britain. The Official Yearbook of the United Kingdom. London, 1999, p. 214.
5. Walker R. Angliyskaya sudebnaya sistema [English judicial system]. Moscow, 1980, pp. 419–423.
6. McCormick-Watson J. English Legal System. Essential. London, 1994, p. 41.
7. Aparova T.V. Sudy i sudebnyy process Velikobritanii [UK courts and judicial process]. Moscow, 1996, p. 89.
8. Sparks R., Genn H., Dodd D. Crime, the Police and Criminal Statistics: An Analysis of Statistics for England and Wales Using Econometric Methods. London, 1979, p. 54.
9. Crime in England and Wales: year ending December 2021. Statistical Bulletin. Office for National Statistics. London, 2022, p. 9.
10. Criminal Statistics. England and Wales. 1997. London, 1998, p. 26.
11. International Comparisons of Criminal Justice Statistics 1999. Home Office Statistical Bulletin, London, 2001, May, iss. 6/01, p. 7.
12. Notifiable Offences. England and Wales. 1997. Home Office Statistical Bulletin, London, 1998, April, iss. 7/98, p. 3.
13. Radzinowiez L., King J. The growth of crime: The international experience. Harmondsworth, 1979, p. 16.
14. Croall N. Crime and Society in Britain. London, 1998, p. 22.
15. Inshakov S.M. Zarubezhnaya kriminologiya [Foreign criminology]. Moscow, INFRA-M Publ., 1997, pp. 109–110.

